Angliya Premer-ligasining bu mavsumi har yili kuzatilganidek köplab yoş yulduzlarni dunyo futboliga taqdim etmoqda. Har bir klubda dunyo darajasidagi noyob topilmalar borki, ular dunyoning eng kuçli çempionatiga qöşimça intriga baxş etadi. Quyida har bir APL klubining eng umidli futbolçilari haqida söz yuritamiz.
«Arsenal» — Iten Nvaneri
Yoşi: 17
Pozitsiyasi: yarimhimoyaçi
U-17 jahon çempionatida Özbekiston ösmirlariga qarşi öyini bilan özbek futbolining ziyrak muxlislariga yaxşi taniş bölgan Iten 15 yoşida APLda debyut qilib, rekord örnatgandi. Hamon asosiy tarkibda stabil örin topa olmaganiga qaramay, «töpçilar»ning öz tarbiyalanuvçisidan umidlari katta. Angliyada unga «Çelsi» qiziqayotgani haqida miş-mişlar yuribdi, ammo işonçli manbalarning ta’kidlaşiça, «Arsenal» yoş futbolçisi bilan 18ga tölişi bilan uzoq muddatli şartnoma tuziş böyiça kelişib qöygan.
«Heyl End» dunyo futboliga Harri Keyn, Serj Gnabri, Bukayo Saka, Emiliano Martines va boşqa köplab yulduzlarni yetiştirib bergan. Nvaneri ham yuqoridagi yuqoridagi top-futbolçilar yölidan ketmoqda.
«Aston Villa» — Jon Dyuran
Yoşi: 20
Pozitsiyasi: hujumçi
MLSdan 18 mln funtga futbolçi xarid qiliş holati kamdan kam uçraydi, ammo Dyuran ötgan mavsum davomida beqarorlik bilan bölsa-da, uşbu katta xarajat sabablarini «kiçik çaqnaş»larida körsata oldi. «Liverpul»ga qarşi «Villa Park»da ötgan bellaşuvdagi dubl fikrimizga isbot bölişi mumkin.
Uning iqtidoridan boşqa klublar ham xabar topgan. Xususan, «Vest Hem» uni öz hujum markazidagi uzoq vaqtli beqarorlikni hal qilişi mumkin bölgan talant sifatida köradi. Öz faoliyatining çöqqisida bölib turgan Olli Uotkins bilan raqobat sabab zahirada qolib ketişi ehtimoli Dyuranni Birminghemni tark etişga undaşi mumkin. Dyuran ketgan taqdirda, ötgan mavsum «Barselona» bilan kuraşda yutib olingan Jyeyden Filojin yoki mavsumoldi yiğinlarda klubning asosiy e’tibor markaziga aylangan Morgan Rojyers ham uning örnini bosişi mumkin.
Mavzuga oid
«Bornmut» — Aleks Skott
Yoşi: 20
Pozitsiyasi: yarimhimoyaçi
«Bornmut»ni 25 mln funtga futbolçi sotib olişini doim ham köravermaysiz, ammo «olçaranglar» bilan yangi ğoyalar asosidagi jamoani qurmoqçi bölgan Andoni Iraola Aleks Skottni şu narxga loyiq köradi. U bugungi kungaça Angliyaning turli yoşlardagi jamoalarida 24 ta öyinda maydonga tuşişga ulgurgan. Aynan şu bahslar va «Bristol Siti»dagi harakatlari uning texnikasi yuqori, maydonni köra oladigan futbolçi ekanligini isbotlagan. Uning hujumdagi mahorati himoyalanişdagi foydali iş koeffitsientiga qöşilib, universal yarimhimoyaçi profilini yaratadi: ötgan mavsumda u har 90 daqiqa hisobidan örtaça 2,1 ta muvaffaqiyatli podkat va 1,1 ta yakkama-yakka kuraşda raqibdan töpni olib qöyişni uddalagan.
«Brentford» — Fabiu Karvalyu
Yoşi: 21
Pozitsiyasi: yarimhimoyaçi
Tomas Frank — iqtidorlarni topib, ularni katta futbolga ötkazişni qoyillatadigan mutaxassis. Portugaliyalik futbolçi esa «Liverpul»da öz örnini topolmadi va ijarada yurişdan çarçadi. London klubiga uning transferi 27,5 mln funtga tuşganidan ham Karvalyuni Mersisaydda qanday qadrlaşganini bilib olsa böladi.
U allaqaçon «arilar» safidagi debyutini ötkazişga ulgurdi, ammo uning oldida asosiy tarkibdan muqim joy egallaş vazifasi turibdi, zero «Brentford»da ham u uçun boşlanğiç tarkib kafolatlanmagan.
«Brayton» — Yankuba Minte
Yoşi: 20
Pozitsiyasi: hujumçi
«Çağalaylar» sönggi yillarda dunyoning turli burçaklaridan iqtidorlarni topib kelib, ularni Premer-liga darajasidagi futbolçilarga aylantirişmoqda. Gambiyalik hujumçi «Feyyenoord»dagi ijarasida 10 ta gol urgan bölsa-da, «Nyukasl»da asosiy tarkibga kira olmadi. Mavsumoldi yiğinlarda esa u «Brayton»da özini körsatişga muvaffaq böldi va öziga sarflangan 30 mln funtga yaqin mablağni oqlaşga qodirligini isbotladi. Endi bularni APLda ham namoyiş etiş mas’uliyati turibdi.
«Çelsi» — Koul Palmer
Yoşi: 22
Pozitsiyasi: yarimhimoyaçi
Londonliklar safida Palmerdan ham yoş futbolçilar öynamoqda, ammo ularning asosiy tarkibdagi örni kafolatlanmaganidek, klubda qolişi ham söroq ostida. Ötgan mavsumdagi kutilmagan transferidan söng angliyalik futbolçi 42ta uçraşuvda iştirok etib, 27 ta gol va 15 ta assist muallifiga aylandi. Uşbu raqamlar haqli ravişda unga Angliya futbol yozuvçilari uyuşmasining «Eng yaxşi yoş futbolçi» sovrinini olib keldi. Yarimhimoyaçi yangi murabbiy Mareskaning ham jamoadagi asosiy quroliga aylanişi kutilmoqda va «Vulverhempton»ga qarşi bahsdagi 1+3 körsatkiçi fikrimizni isbotlamoqda.
«Kristal Pelas» — Mateus Fransa
Yoşi: 20
Pozitsiyasi: yarimhimoyaçi
London klubini Braziliya iqtidorlar bozorining doimiy xaridorlaridan deb bölmaydi. Ammo 20 yoşli Mateus Fransaning transferiga 26 mln funt-sterling sarflaşgani barçaning e’tiborini tortdi. «Flamengo»dagi 2 yillik faoliyati bilan «burgutlar»ni şunday katta xarajat qilişga majbur qilgan yarimhimoyaçi ötgan mavsum 10 ta uçraşuvda maydonga tuşdi. Oliver Glasner odatda tajribali futbolçilarga tayanadigan londonliklarni özgartiriş payida.
«Everton» — Jyerred Brentueyt
Yoşi: 22
Pozitsiyasi: himoyaçi
Jyerred bir neça yil avval Frenk Lempard qöl ostida «mersisaydlikolar safiga yorib kirgandi. Lekin öşanda murabbiy uni rivojlanişi uçun PSVga ijaraga berib yuborgandi. Niderlandiyadagi faoliyati himoyaçiga rosmana foydali böldi va endi u «Everton»da nafaqat eng yaxşi yoş futbolçi, balki Şon Dayç qöl ostidagi tarkibda eng yaxşisi bölişga nomzod.
Yoz davomida uning Angliya grandlaridan biri, xususan, «Mançester Yunayted»ga ötişi kutilgandi. Ammo Liverpul klubi uni kamida yana bir mavsum olib qolişga qaror qildi.
«Fulhem» — Jyey Stensfild
Yoşi: 21
Pozitsiyasi: hujumçi
Harvi Elliot, Fabiu Karvalyu, Ebereçi Eze, Rayan Sessenyon, va Musa Dembele sönggi yillarda «Fulhem» akademiyasidan çiqqan iqtidorlarning ayrimlari, xolos. Jyey Stensfild uşbu röyxatni muvaffaqiyatli davom ettira oladigan futbolçidek körinmoqda.
Tivertonda tuğilgan futbolçi ikki mavsum avval Marku Silva qöl ostida bir neçta öyinda iştirok etgan va keyingi mavsumda «Birminghem»ga ijaraga berib yuborildi. Quyi ligada u 43 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 12 ta gol urişga erişdi. Portugaliyalik murabbiy undan uşbu mavsumda foydalanişi kutilmoqda yoki uning keyingi ijaraga ketadigan jamoasi yuqori divizion klubi böladi.
«Ipsviç Taun» — Liem Delap
Yoşi: 21
Pozitsiyasi: hujumçi
«Mançester Siti» akademiyasi tarbiyalanuvçisi öz klubida öringa ega böla olmadi. Dunyoning eng yaxşi straykerlaridan biri bölgan Erling Holandning yaqin orada mançesterliklarni tark etiş niyati yöqligini hisobga olgan holda, Delapning «şaharliklar» safini tark etiş qarori tuşunarli.
Ötgan mavsumni «Hall Siti»da ijarada ötkazgan Liem 31 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 8 ta gol urişga erişdi. Mavsum debyutanti «Ipsviç» u kabi bir neçta yoş futbolçilarni xarid qildi va uşbu iqtidorlar ularni Premer-ligada olib qolişidan umid qilmoqda.
«Lester» — Abdul Fatavu
Yoşi: 20
Pozitsiyasi: hujumçi
«Brayton»dan ijaraga ötgan Fakundo Buonanotte ança iqtidorli futbolçi sifatida Premer-ligada tanilişga ulgurgan bölsa-da, «tulkilar» muxlislari huquqiy jihatdan öz klublariga tegişli ganalik hujumçining porlaşiga köz tikişgan. Fatavu ötgan mavsum Çempionşipda 40 ta uçraşuvda maydonga tuşdi va 6 ta gol, 13 ta assist amalga oşirib, klubining APLga qaytişiga katta hissa qöşdi. Fatavuning yuqori diviziondan endi tuşib kelgan «Sauthempton»ga qarşi bellaşuvda qayd etgan het-trik va bitta assisti köpçilikning e’tiboriga tuşgandi.
«Liverpul» — Harvi Elliot
Yoşi: 21
Pozitsiyasi: yarimhimoyaçi
Yurgen Klopp balki atayin yoki köplab jarohatlar sabab ötgan mavsumda Harvi Elliot xizmatlariga köproq murojaat qilgandi (27 marta). Şu bilan bir qatorda 21 yoşli futbolçining asosiy tarkibga integratsiyasi ham juda yaxşi keçganini e’tirof etiş kerak. Yarimhimoya va hujum qanotida u darhol elita darajasidagi öyin körsata boşladi, futbolçining jismoniy körsatkiçlari ham «Liverpul» uslubiga xos gegenpressingga töğri kelmoqda.
Harvining eng katta foydalaridan biri — Muhammad Saloh Afrika Millatlar Kubogiga ketgan paytda uning örnini yopa olgani. Arne Slot undan qay yösinda va qançalik foydalanişi mavhum, ammo futbolçi niderlandiyalik murabbiy qöl ostida ham yöqolib qolmasligiga işonç bor.
«Mançester Siti» — Oskar Bobb
Yoşi: 21
Pozitsiyasi: hujumçi
Oskarni yangi topilgan iqtidorlar safiga qöşa olmaymiz, ammo heç kim uning bir mavsum avval trebl yutgan jamoada öz örniga bu qadar tez ega çiqişiga işonmagani tabiiy. Kutilmagan jarohat uning faoliyatiga ta’sir qilmasa, u qaytgaç Gvardiolaning tezkor rotatsiyaga asoslangan uslubining bir qismiga aylana oladi. Boisi, uning jarohatigaça heç qanday transferga qöl urmagan «şaharliklar» Bobb oyoğini sindirib olgaç, darhol hujumkor yarimhimoyada öynay oladigan Gundöğan bilan şartnoma tuzişdi.
Ammo Pep yangi transfer siyosatiga ötayotgan «Siti»da Oskar Bobb, Jyeyms Makeyti, Riko Lyuis kabi akademiyadan çiqqan iqtidorlarga tayanib mavsumga kirmoqda.
«Mançester Yunayted» — Kobbi Meynu
Yoşi: 19
Pozitsiyasi: yarimhimoyaçi
APLdagi debyutini 2 mavsum avval Erik ten Hag qöl ostida ötkazgan Kobbi dastlabki mavsumida barça musobaqalarda jami 3 ta bellaşuvda maydonga tuşdi. Ammo ötgan mavsum u öz pozitsiyasiga transfer qilingan va ijaraga olib kelingan akalarini uyaltirib qöyadigan darajada zör öynab, 35 ta bahsda maydonga tuşdi.
19 yoşli futbolçining butun maydon böylab qiladigan işlari kölami aqlbovar qilmas darajada. Uning mehnati munosib qadrlanib, yozda Garet Sautgeyt tomonidan Yevropa çempionatiga jalb qilindi.
«Nyukasl» — Lyuis Mayli
Yoşi: 18
Pozitsiyasi: yarimhimoyaçi
2023 yil mayida U-17 Yevropa çempionati uçun milliy jamoadan çaqiruv olgan futbolçini Eddi Hau qöyib yubormagan va Premer-liganing yakuniy turlarida unga imkon bermoqçiligini aytgandi. Darhaqiqat, murabbiy sönggi turlarda yoş futbolçiga asosiy jamoada imkon berdi. Ötgan mavsumda esa yarimhimoyaçi barça musobaqalarda 30 ta öyinda qatnaşdi va ular orasida Çempionlar Ligasi guruh bosqiçidagi har uçala raqibga qarşi bahslar ham bor.
«Nottinghem Forest» — Elliot Anderson
Yoşi: 21
Pozitsiyasi: yarimhimoyaçi
«Nyukasl» tizimidan APLga kirib kelgan bir paytda Elliot Andersondan köp narsa kutilgandi, ammo u «zağizğonlar» tarkibida öz örnini topa olmadi. Şotlandiya yoki Angliya örtasida tanlov qilişi kerak bölgan futbolçi «Nottinghem Forest»ga köçib ötdi va endi Eşpiritu Santu qöl ostida asosiy tarkib futbolçisiga aylanişga harakat qilib köradi.
«Sauthempton» — Teylor Hervud-Bellis
Yoşi: 22
Pozitsiyasi: himoyaçi
«Mançester Siti» akademiyasidan yetişib çiqqan navbatdagi iqtidor egasi, ammo u ham asosiy tarkibga kiriş ehtimolining pastligini sezgan holda öziga yangi klub topdi. Ungaça ham bir neçta ijara şartnomalaridan ötgan himoyaçi Martin Rassell jamoasida asosiy tarkibdan örin olib, «avliyolar»ning Angliya top divizioniga qaytişiga yordam berdi. Endi Teylorning iqtidori elita futbol hujumçilariga qarşi bellaşuvlarda sinovdan ötadi.
«Tottenhem» — Arçi Grey
Yoşi: 18
Pozitsiyasi: yarimhimoyaçi
«Tottenhem» yozgi transferlar davomida, asosan, yoş futbolçilarni xarid qilişga e’tibor qaratdi va ular orasida muxlislar tomonidan eng köp gapirilayotgani «Lids»dan Londonga köçib ötgan Arçi Greydir. Otasi Endi, bobosi Frank va amakisi Eddi ham futbolçi bölgan Arçining ötgan mavsumda «Elland Roud»da amalga oşirgan işlari tahsinga sazovor. 18 yoşli futbolçi «tovuslar» safida 52 ta uçraşuvda iştirok etdi va mavsum yakunida Çempionşipning eng yaxşi yoş futbolçisi, deya e’tirof etildi.
Uning tayançda Bissuma-Bentankur juftligiga yorib kirişi, ötgan mavsum bir qança öyin ötkazgani öng qanot himoyasida Pedro Porroni yengib çiqişi qiyin bölsa-da, ularga işonçli örinbosar böla olişi aniq.
«Vest Hem» — Krisensio Sammervill
Yoşi: 22
Pozitsiyasi: hujumçi
Xulen Lopetegi qöl ostidagi «Vest Hem» dastlabki yozgi transferlar kampaniyasini ança faol ötkazdi. Ular orasida eng qiziqarlilaridan biri «Lids»dan xarid qilingan Krisensio Sammervill böldi. Ötgan mavsumni Çempionşipda ötkazgan futbolçiga Premer-liga begona emas va ispaniyalik murabbiy qurmoqçi bölgan yangi uslubning asosiy qismlaridan biri bölişi kutilmoqda. 2-divizionda ötkazgan 43 ta öyinida 19 ta gol va 9 ta assist qayd etgan futbolçidan «bolğaçilar»ning umidlari katta.
«Vulverhempton» — Rodrigu Gomeş
Yoşi: 21
Pozitsiyasi: hujumçi
«Vulverhempton» va Portugaliya futboli boğlami allaqaçon klubning an’analaridan biriga aylanib ulgurdi. Uşbu diyordan yoş iqtidorlarni Premer-ligaga olib kelib, köp ötmay grandlarga sotiş ortidan «börilar» mömaygina daromad işlab olişmoqda. Ötgan mavsumni «Eştoril»da ijarada ötkazgan «Braga» futbolçisi 30 ta uçraşuvda 7 tadan gol va uzatmani hisobiga yozdirib qöygandi. «Molinyu»da hujumçilar masalasidagi yetişmovçiliklar Rodriguga özini körsatişga töliq imkon taqdim etadi.
«Squawka» ma’lumotlari asosida Abdulbasit Valixonov tayyorladi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi