2023 yil aprelidan 2024 yil martigaça Afğonistonda jinoyatçilik darajasi 30 foizga kamaydi. 40 yil içida birinçi marta mamlakat aholisi öz hayoti uçun qörqmasdan turli viloyatlarga sayohat qilişi mumkin. Bu haqda Afğoniston Içki işlar vazirligi ma’lum qildi, deb xabar berdi Ariananews.
«Tolibon» Içki işlar vazirligining qayd qilişiça, politsiyaning mahorati sezilarli darajada oşdi va ularning soni ortdi. Şu bilan birga, qöşni davlatlar Afğonistondan kelayotgan tahdidlar haqida dalillar keltirmadi, şu sababli mamlakat bu borada xavfsiz.
Departamentning ta’kidlaşiça, uning hududida IŞID tuzilmalari butunlay yöq qilindi, terrorçilik guruhi faoliyatiga barham berildi.
Bundan taşqari, xavfsizlik kuçlari narkotik savdogarlariga qarşi kuraşmoqda. Köknori ekilgan maydonlar yöq qilinib, giyohvandlar davolanişga jönatilmoqda, noqonuniy giyohvand moddalarni sotgan holda qölga olinganlar javobgarlikka tortilyapti.
Mamlakat aeroportlarida qariyb 2 million dollar, 845 ming yevro, 4,8 million Saudiya riyoli, şuningdek, 344 kilogramm narkotik modda va bir kilogrammdan ortiq oltinni noqonuniy olib ötilişiga barham berildi.












