30 avgust kuni Mudofaa vazirligi markaziy apparatida «Parij-2024» Olimpiya öyinlarida iştirok etgan bir guruh harbiy xizmatçi va xodimlari hamda ularning murabbiylarini taqdirlaşga bağişlangan tadbir bölib ötdi. Tadbirda mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov sovrindor bölgan Mudofaa vazirligi harbiy xizmatçilari ham taqdirladi. Xususan:

- Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantiriş markazi sportçisi leytenant Diyora Keldiyorova muddatidan oldin navbatdagi «katta leytenant» harbiy unvoni va «Tömaris» kökrak nişoni bilan taqdirlandi;

- Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantiriş markazi sportçisi kiçik serjant Uluğbek Raşitov boşlanğiç ofitserlik «leytenant» harbiy unvoni bilan taqdirlandi;

- Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantiriş markazi sport bölimi sportçisi kiçik serjant Svetlana Osipovaga boşlanğiç ofitserlik «leytenant» harbiy unvoni va «Tömaris» kökrak nişoni topşirildi;

- Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantiriş markazi sport bölimi sportçisi – oddiy askar Turdibekova Sitora Şavkat qizi «Tömaris» kökrak nişoni bilan taqdirlandi.

- Oliy sport natijalarini rivojlantiriş markazi öqituvçi treneri – Qurolli Kuçlar xizmatçisi Xan Pavel Afanaseviç ikki xonali uy bilan;

- 57 kg vazn toifasida boks sporti böyiça ayollar örtasida ötkazilgan musobaqalarda matonat va jasorat körsatganligi uçun Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantiriş markazi sport bölimi sportçisi – oddiy askar Turdibekova Sitora Şavkat qizi «Tömaris» kökrak nişoni bilan taqdirlandi.

Şuningdek, Özbekiston Boks federatsiyasi boş murabbiyi Tölqin Qiliçev, boks böyiça ayollar Boş murabbiyi Elşod Rasulov, Oliy sport natijalarini rivojlantiriş markazi öqituvçisi, Qurolli Kuçlar xizmatçisi Akmal Hasanovlarga «Malakali ustoz» kökrak nişoni berildi.