2024 yilning may oyida Germaniya federal sudining «Şimoliy oqim-1» va «Şimoliy oqim-2» gaz quvurlarini portlatişda gumon qilinayotgan diversantni hibsga oliş uçun order berişidan bir neça kun oldin, Ukraina fuqarosi Vladimir J. Ğarbiy Yevropa böylab bemalol sayohat qilgan va hatto Berlinda töxtab ötgan. Bu haqda Der Spiegel naşri, ZDF telekanali va Daniyaning DR telekorporatsiyasining 29 avgust, payşanba kuni çop etilgan qöşma maqolasida aytiladi.

Jurnalistik suriştiruvda qayd etilganidek, agar order sal oldinroq çiqarilganida, gumonlanuvçi Germaniya hududida hibsga olinişi mumkin edi, biroq u nafaqat mamlakatni tark etişga, balki nemis adliya tizimidan butunlay yaşirinişga ham ulgurdi. Polşa bu borada Vladimir J.ga yordam bergan bölişi mumkin.

Vladimir J. iyun oyi boşida Yevropa qidiruviga berilgan va 21-kuni order Polşaga yuborilgan. Polşa prokuraturasi gumonlanuvçini hibsga olişga va’da berdi, deb yozadi naşr xavfsizlik tizimidagi manbalarga tayanib. Biroq, u buni qilmadi. Polşa rasmiylari qidiruvdagi şaxsni hibsga oliş böyiça qonuniy burçlarini bajarmagan. 6 iyul kuni gumonlanuvçi Polşa hududini tark etib, Ukrainaga kirişga muvaffaq bölgan. Suriştiruvçilar yozganidek, Berlin Vladimir J. Varşava tomonidan oldindan ogohlantirilgan deb bilyapti, polşaliklar esa uni «qahramon» sifatida körgan. Naşrda ta’kidlanişiça, Germaniya rasmiylari Varşavadan norozi. Polyaklarga bunday harakati keçirilmaydi, deydi Germaniya xavfsizlik manbalari.

Vladimir J. Polşa-Ukraina çegarasini Ukrainaning Varşavadagi elçixonasi işlatgan diplomatik raqamlari bölgan maşinada kesib ötgan, deyiladi naşrda. Vladimir J. özi jurnalistlarning «Şimoliy oqim»dagi diversiyalarga aloqadorligi haqidagi sörovlariga javob bermadi. Gaz quvurlarida portlaşlar 2022 yil sentabr oyida sodir bölgan. Nemis tergovçilari gaz quvuridagi portlaşlarda uç ukrainalik dayving yöriqçilari iştirok etgan deb hisoblamoqda.