Bu galgi turnirga Özbekiston 9 ta sport turidan 65 nafar para atlet — jami 113 ta litsenziya bilan borgan. Bu Özbekiston uçun Paralimpiada tarixida rekord körsatkiç hisoblanadi. Navbat medallar soni va sifati böyiça ham rekordni yangilaşgami?
Tarix
Özbekiston yozgi Paralimpiya öyinlarida 2004 yilda debyut qilgan va Afinada bir sportçi bilan qatnaşgan — Yusuf Qodirov (pauerlifting). 2008 yilda yöllanmalar soni ikkitaga yetgan. Dastlabki medal esa London-2012da qölga kiritilgan. Para dzyudoçi Şarif Xalilov kumuş medalga sazovor bölib, Özbekiston tarixidan örin olgan.
Rio-2016 — Özbekiston uçun eng muvaffaqiyatli Paralimpiada. 32 para atlet bilan borgan delegatsiya 31 ta medal bilan qaytgan — 8 oltin, 6 kumuş, 17 bronza. Umumiy reytingda 16-örin egallangan.

Tokio-2020da oltinlar soni böyiça rekord takrorlangan, ammo umumiy medallar biroz kamroq bölgan — 8 oltin, 5 kumuş, 6 bronza va yakunda 21-örin. Yaponiya poytaxtidagi musobaqada natija bundan ham yaxşi bölişi mumkin edi, ammo koronavirus pandemiyasi öz ta’sirini körsatgan. Özbekistonlik 25 nafar sportçiga nisbatan qattiq karantin talablari qöllangan. Lobar Xurramova, Sevinç Salayeva, Vasila Aliboyeva kabi medal keltirişi kutilgan dzyudoçilar karantinga olingani sabab musobaqada iştirok eta olişmagan.
Birinçi kundan medallar
Parijda birinçi kundayoq ikki medal qölga kiritildi. Para suzişda S13 klassida 100 metrga batterflay usulida Muslima Odilova bronza bilan Özbekiston uçun medallar hisobini oçdi. Bu Muslima uçun Paralimpiya öyinlaridagi ilk muvaffaqiyat emas. U Rioda ikkita kumuş medal olgandi.

Birinçi kundagi ikkinçi medalni Ziyoda Isoqova keltirdi. Para taekvondoçi finalgaça yetib borib, yakunda kumuş medal sohibiga aylandi.

Bu — faqat boşlanişi. Oldinda medallar şodasi kutayotgani, şubhasiz.
Qaysi sport turlaridan medallar kutilmoqda?
Özbekiston delegatsiyasi tarkibida eng köp litsenziya
















