Saylovda Osiyoning 10 ta mamlakati va hududlaridan turli paralimpiya sport turlari vakillari bölgan jami 10 nafar sportçi iştirok etadi. Mirzayorova Özbekiston va paraatletika nomidan qatnaşadi.

Saylov 18–23-oktabr kunlari Yaponiyada bölib ötadigan Aiçi-Nagoya 2026 Paraosiyo öyinlari vaqtida ötkaziladi.

Paraosiyo öyinlarida iştirok etuvçi barça akkreditatsiyadan ötgan sportçilar ovoz beriş huquqiga ega böladi. Ovoz beriş onlayn tarzda ötkaziladi, saylov natijalari 24-oktabr kuni eʼlon qilinadi.

Sportçilar qömitasi tarkibiga beş kişi saylanadi. Şundan söng ular öz tarkibidan qömitaning hozirgi rahbari, yaponiyalik Xiroyuki Misakaning örnini bosuvçi raisni saylaydi. AsPC Ijro kengaşining maʼqullaşi bilan qömitaga yana ikki nafar aʼzo qöşimça ravişda kiritilişi mumkin.

Qömita sportçilarning manfaatlarini himoya qiliş va Osiyo Paralimpiya qömitasi tomonidan qarorlar qabul qilinişida ularning fikrlari inobatga olinişini taʼminlaydi.

Asila Mirzayorova Paralimpiya öyinlari çempioni hisoblanadi. 2024-yilgi Parij öyinlarida u T11 (köriş qobiliyati çeklangan sportçilar) toifasida uzunlikka sakraş böyiça 5,24 metr natija körsatib, Paralimpiya rekordini örnatgan holda oltin medalni qölga kiritgan.