Yaponiya politsiyasi hisobotiga köra, 2024 yil birinçi yarmida mamlakatda 40 mingga yaqin odam öz uyida yolğiz vafot etdi. Ularning 4 mingga yaqini ölimidan bir oy ötib topilgan, 130 nafar odamning ölimi bir yil davomida aniqlanmagan. BMT ma’lumotlariga köra, Yaponiya hozir dunyodagi eng keksa aholiga ega, deb yozdi BBC.

Milliy politsiya agentligining 2024 yil birinçi yarmidagi ma’lumotlari şuni körsatadiki, uyda yolğiz yaşaydigan 37 227 kişi ölik holda topilgan, ularning 70 foizidan ortiğini 65 va undan katta yoşdagilar taşkil qiladi. Agentlik öz hisoboti mamlakatda yolğiz yaşayotgan va ölayotgan odamlar muammosiga oydinlik kiritilişiga umid qilmoqda.

Uyda yolğiz ölgan odamlarning taxminan 40 foizi bir kun içida topilgan bölsa, ölimdan bir oydan köproq vaqt ötgaç, 3939 jasad topilgan va 130 jasad topilgunga qadar kamida bir yil davomida aniqlanmagan.

Politsiya departamenti öz xulosalarini qarovsiz odamlar ölimi holatlarini tergov qiluvçi hukumat hay’atiga taqdim qiladi.

Joriy yil boşida Yaponiya Milliy aholi va ijtimoiy xavfsizlik tadqiqotlari instituti yolğiz yaşovçi keksa (65 yoş va undan katta) fuqarolar soni 2050 yilga borib 10,8 millionga yetişi kutilayotganini ma’lum qilgan edi. Xuddi şu yili bir kişi yaşaydigan xöjaliklarning umumiy soni 23,3 millionga yetişi taxmin qilinmoqda.

Aprel oyida Yaponiya hukumati mamlakat aholisining qarişi bilan boğliq bölgan uzoq yillik yolğizlik va izolyatsiya muammosini hal qilişga qaratilgan qonunçilikni taqdim qildi.

Yaponiya uzoq vaqtdan beri öz aholisining qarişi va qisqarib borişiga qarşi kuraş olib bormoqda, ammo mamlakatda bu özgarişlarga doş beriş tobora qiyinlaşmoqda.

Ötgan yili boş vazir Fumio Kisida tuğiliş darajasining pasayişi tufayli Yaponiya jamiyat sifatida faoliyat yurita olmay qoliş arafasida ekanini aytgan edi.