Vazirlar Mahkamasining "Davlat ta’lim muassasalarida uzluksiz huquqiy ta’lim tizimini joriy etiş, voyaga yetmaganlarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi qarori qabul qilindi.
2024-2025 öquv yilidan boşlab:
maktablarda "Huquqiy sinf" taşkil etiş va huquqiy fanlarni çuqurlaştirib öqitiş orqali yuridik kadrlar tayyorlaşda "maktab – litsey – texnikum – universitet" tizimi joriy etiladi;
Namangan va Samarqand viloyatlaridagi yuridik texnikumlar bazasida Toşkent davlat yuridik universitetining akademik litseylariga qabul boşlanadi.
"Huquqiy sinf"ni taşkil etişning asosiy vazifalari:
- zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda "Davlat va huquq asoslari" fanini çuqurlaştirib örganiş;
- "Huquqşunoslik" yönalişi böyiça variativ öquv rejalari asosida öquvçilarni ta’limning keyingi bosqiçlarida samarali tahsil olişga tayyorlaş;
- huquqni muhofaza qiliş faoliyati yuridik amaliyoti xodimlarini jalb etiş orqali sinfdan taşqari işlarni samarali taşkil etiş;
- öquvçilarni "Davlat va huquq asoslari" fani böyiça maktab, tuman (şahar), viloyat va respublika olimpiadalari hamda boşqa tadbirlarda iştirok etişga tayyorlaş.
Maktablarda "Huquq" fani öqituvçilarining kasbiy bilim va könikmalarini uzluksiz oşirib boriş va ularni Adliya vazirligining maxsus elektron platformasi orqali uslubiy ta’minlaş tizimi yölga qöyiladi.
Şuningdek, öquvçilar örtasida "Huquqşunos bilimdon" olimpiadasi va "Huquq" fani öqituvçilari örtasida "Eng yaxşi huquq öqituvçisi" tanlovi ötkaziladi.
Bunda, öquvçilarning huquqiy bilimlarni mustaqil özlaştirişiga qaratilgan körgazmali öquv qöllanmalar, videoroliklar, kompyuter öyinlari va mobil ilovalardan foydalaniladi.
"Huquqiy sinf"ga "Davlat va huquq asoslari" faniga qiziqqan 8-sinf öquvçilari orasidan tanlab olinadi va maktab pedagogik kengaşining tavsiyasiga asosan direktor buyruği bilan ötkaziladi.
"Maktab – litsey – texnikum – OTM" uzluksiz ta’lim tizimi böyiça akademik litseylarni muvaffaqiyatli tamomlagan (ikki yillik öqiş davrida har öquv yilining yakuniy baholari "a’lo" va "yaxşi" bölgan) bitiruvçilar 2024-2025 öquv yilidan boşlab yuridik texnikumlarga töğridan-töğri (tölov-kontrakt asosida) testlarsiz qabul qilinadi.











