Rossiya Adliya vazirligi «Meduza» internet-naşrining noşiri va asosçisi Galina Timçenko va «Svobodnyy universitet» professori, huquqşunos Yelena Lukyanovani «çet el agentlari» röyxatiga kiritdi. Bu haqda 30 avgust, juma kuni idora saytida xabar berildi.

Adliya vazirligi öz qarorini Timçenko va Lukyanova boşqa «çet el agentlari» materiallarini yaratiş va tarqatişda iştirok etgani, şuningdek, Rossiya rasmiylarining qarorlari va siyosati haqida «işonçsiz ma’lumot» tarqatganligi bilan izohladi. Bundan taşqari, Timçenko Rossiya armiyasining «salbiy imijini yaratişga qaratilgan noaniq ma’lumotlarni» tarqatgan, Lukyanova esa Rossiya hududida «nomaqbul» deb hisoblangan taşkilotlar bilan aloqa qilgan. Adliya vazirligiga köra, Lukyanova ham, Timçenko ham Rossiya Federatsiyasidan taşqarida yaşaydi, ikkalasi ham Rossiya qöşinlarining Ukrainaga hujumiga qarşi bölgan.

Bundan taşqari, «Grajdanskaya initsiativa protiv ekologiçeskoy prestupnosti» notijorat taşkiloti va «Koalitsiya Novosibirsk 2020» uyuşmasi «çet el agentlari» reyestriga kiritilgan. Adliya vazirligi ular Rossiya hukumati haqida «notöğri ma’lumotlar» va «çet el agentlari» materiallarini tarqatganini, şuningdek, Ukrainadagi uruşga qarşi ekanligini bildirdi.

Rossiyada «çet el agentlari» töğrisidagi qonun 

Rossiyada «çet el agentlari» töğrisidagi qonun 2012 yilda paydo bölgan. Öşandan beri bir neça yuzlab taşkilotlar va şaxslar taqiqlanganlar röyxatiga kiritilgan. Jismoniy şaxslar – «çet el agentlari» reyestri 2022 yil aprel oyi boşida işga tuşirilgan bölib, u NNT– «çet el agentlari», OAV – «çet el agentlari» va röyxatdan ötmagan taşkilotlar – «çet el agentlari» röyxati bilan bir qatorda törtinçi röyxat böldi. 

2022 yil dekabr oyidan boşlab qonun Rossiya rasmiylariga köra, «çet eldan yordam oladigan» va «xorijiy ta’sir ostida» bölganlarni «çet el agentlari» deb e’lon qiliş imkonini beradi.

2024 yil mart oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya fuqarolari va kompaniyalariga «çet el agentlari» resurslarida – ularning veb-saytlarida, ijtimoiy tarmoqlarida, bloglarida va boşqa platformalarida reklama joylaştirişni taqiqlovçi qonunni imzoladi. Yangi qonun, şuningdek, «çet el agentlari» resurslarini ommaviy axborot vositalari va internetda reklama qilişni ham taqiqlaydi.