Kremlda Vladimir Putinning Möğulistonga taşrifidan «xavotir» yöq, u Xalqaro jinoiy sud (XJS) orderi böyiça hibsga olinmaydi. «Möğulistonlik döstlarimiz bilan munosabatlarimiz yaxşi», dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Uning aniqlik kiritişiça, Putinning 3 sentabr kuni Möğulistonga taşrifi masalasi «alohida işlab çiqilgan».

Putin özini hibsga olişga order bergan XJS vakolatini tan olgan davlatga birinçi marta taşrif buyuradi. Möğuliston 2000 yilda Rim statutini imzolagan va 2002 yilda uni ratifikatsiya qilgan. Xalqaro jinoiy sud 2023 yil mart oyida Rossiya prezidentini hibsga olişga order bergan.

Bloomberg agentligi Kremldagi vaziyat bilan taniş bölgan ikki manbaga tayanib, Putin Möğulistonga taşrifi oldidan XJS orderi asosida hibsga olinmasligi haqida kafolat olganini yozdi.

2023 yil dekabr oyida möğulistonlik sudya birinçi marta XJS sudyasi böldi. Möğuliston prezidentining ta’kidlaşiça, birinçi möğul sudyasining XJS vakili bölgani «mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va xalqaro taşkilotlarning Möğulistonga işonçi oşgani va mustahkamlanganidan dalolatdir».

Hibsga oliş uçun order çiqarilgandan beri Putin XJS vakolatini tan oladigan mamlakatlarga bormadi. 2023 yil iyul oyida Rossiya prezidenti BRICS sammitida iştirok etmadi va Janubiy Afrikaga taşrifini bekor qildi. Janubiy Afrika Rim statutini ratifikatsiya qilgan va şuning uçun Putinni hibsga oliş va uni Haagaga ekstraditsiya qiliş majburiyati bor edi. Şu bilan birga, Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Siril Ramafosa muxolifatning XJS oldidagi majburiyatlarini bajariş talabiga javob berar ekan, Putinning hibsga olinişi Rossiyaga qarşi uruş e’lon qiliş sifatida baholanişidan ogohlantirganini aytdi.

2023 yil mart oyida XJS Vladimir Putinni Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga noqonuniy deportatsiya qilişda gumon qilib, hibsga olişga order bergan edi. Xuddi şunday order prezident huzuridagi Bolalar huquqlari böyiça vakil Mariya Lvova-Belovaga nisbatan ham çiqarilgan.