Tailand «eng bosqinçi tur» nomini olgan tilapiya baliğiga qarşi kuraş boşladi. BBC’ning yozişiça, uşbu baliq turi mamlakat atrof-muhit tizimiga ulkan zarar yetkazişi mumkin.
Qayd etilişiça, Tailandda qora tilapiyaning keng tarqalişi oldin ham kuzatilgan, ammo ularning heç biri hozirgidek keng kölamli bölmagan. Bangkok parlamenti deputati Nattaça Bunçayinsavatga köra, uşbu baliqning tarqalişi Tailand iqtisodiyotiga kamida 293 million dollar zarar keltiradi.
Asosiy muammo şundaki, qora tilapiya Tailandda muhim dengiz mahsulotlari hisoblangan mayda baliqlar, qisqiçbaqalar va çiğanoq liçinkalari bilan oziqlanadi. Şu sababdan hukumat bir neça oydan beri qora tilapiyani tutgan insonlarni rağbatlantirib kelmoqda. Baliq nafaqat çuçuk suvda, balki şör suvda ham yaşay oladi.
Tailand hukumati mazkur turdagi baliqni tutganlar uçun beriladigan mukofot pulini ikki barobarga oşirdi — kilogrammi uçun 0,42 dollar. Natijada Bangkok atrofidagi suv havzalari odamlar tomonidan egallab olindi, ular plastik idişlar yordamida qora tilapiyani tutişga kirişgan.
Rasmiylar, şuningdek, tilapiya bilan oziqlanadigan yirtqiç baliqlar — Osiyo dengiz olabuğasi va möylovdor laqqa baliqni ham suv havzalariga qöyib yubormoqda. Ammo ular juda tez köpayadigan turga qarşi kuraşişga majbur: tilapiyalar bir martada 500 tagaça uvildiriq taşlaydi.
Şu bois hukumat genetik modifikatsiya qilingan qora tilapiyani yaratişga ham kirişgan — joriy yil oxiriga qadar yaratilişi kutilayotgan uşbu turdagi baliqlar özida kam uvildiriq çiqaradi.












