Braziliyada amerikalik tadbirkor Ilon Maskka bosim kuçaymoqda. Braziliya telekommunikatsiya regulyatori Anatel Starlink’ni agar Mask korporatsiyasi X platformasi (sobiq Twitter) öz tarmoqlarida bloklaşdan boş torsa, mamlakatda sun’iy yöldoş interneti litsenziyasi bekor qilinişi mumkin bölgan sanksiyalar haqida ogohlantirdi. Bu haqda Reuters 3 sentabr, seşanba kuni xabar berdi.
Öz navbatida, Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva CNN telekanali Braziliya xizmatiga mamlakat sud tizimi «dunyo Ilon Maskning öta öng mafkurasiga badavlat şaxs bölgani uçungina çidaşi şart emas» degan muhim xabarni yuborganini aytdi.
Anatel vakilining aytişiça, regulyator barça Braziliya uyali aloqa operatorlarini tekşirmoqda. Unga köra, Starlink Braziliya Oliy sudi sudyasi Aleşandr de Moraesning buyruğini bajarmasligini bildirgan yagona kompaniyadir.
Braziliya sudi X platformasini bloklaşga qaror qildi
Braziliya Federal oliy sudi sudyasi Aleşandr de Moraes Milliy telekommunikatsiya agentligiga X ijtimoiy tarmoğining butun mamlakat böylab işini 24 soat içida töxtatişni buyurdi.
Braziliyaning Globo telekanali öz saytida ta’kidlaganidek, avvalroq amerikalik milliarder Ilon Maskka tegişli mikrobloglar servisi mamlakatdagi qonuniy vakilini 24 soat içida tayinlaş talabiga amal qilmagan.
X ijtimoiy tarmoğiga kirganlar 8000 yevro jarimaga tortiladi
Braziliya Oliy sudi mamlakat hukumatining X ijtimoiy tarmoğini taqiqlaş qarorini qöllab-quvvatladi, deb xabar berdi Bloomberg. Bu haqdagi qaror 2 sentabr kuni bölib ötgan onlayn yiğilişda qabul qilindi. X ijtimoiy tarmoği qaror ustidan şikoyat qiliş imkoniyatiga ega.
Ijtimoiy tarmoqning mamlakatdagi faoliyatini töxtatiş haqidagi qaror 30 avgust kuni Oliy sud sudyasi Aleşandr de Moraes tomonidan çiqarilgan. Hay’atdagi hakamlar ham Moraes qarorini qöllab-quvvatladilar, unga köra VPN orqali taqiqini çetlab ötişga uringan şaxs yoki kompaniya kuniga 50 ming real (8000 yevro) miqdorida jarimaga tortiladi.
Bloomberg: Starlink terminallari qora bozorda sotilmoqda
Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan Starlink sun’iy yöldoş aloqa terminallari butun dunyo böylab qora bozorda sotilmoqda, deb xabar bergandi Bloomberg 25 mart kuni manbalarga tayanib. Agentlik suriştiruv ötkazdi, uning davomida u noqonuniy savdo va Starlink töplamlarini faollaştirişning köplab misollarini aniqladi.












