Butun dunyoda 2024 yilning birinçi yarim yilligida DDoS-hujumlar soni sezilarli darajada ortdi. StormWall tahliliy markazi hisobotiga köra, bu hakerlar turli davlatlardagi muhim saylovlarga aralaşişga urinayotganidan darak beradi.
Hisobotda qayd etilişiça, 2024 yilning dastlabki olti oyida hakerlik hujumlari soni ötgan yilning mos davriga nisbatan 102 foizga ortgan. Eng köp hujum uyuştirilayotgan yönalişlar orasida hukumat sektori, köngiloçar va moliyaviy sohalar yetakçilik qilmoqda. Hukumat sektorlari eng köp hujumga uçrayotgani geosiyosiy keskinlik va saylovlar ötkazilişi bilan boğliqligi aytilmoqda.
Şuningdek, telekommunikatsiya, transport, riteyl va sanoatning boşqa muhim sohalariga hujumlar amalga oşirilgan. AQŞ, Xitoy va Fransiya dunyoda eng köp hakerlar hujumiga uçragan davlatlar bölib qolmoqda, xususan, Fransiya Yevroparlamentdagi saylovlar sabab reytingda kötarilgan.
Google ma’lumotlariga köra, sönggi olti oy içida Qöşma Ştatlar va Isroilga barça APT42 hujumlarining qariyb 60 foizi töğri kelgan. Kompaniya xuddi Meta singari eronlik hakerlar faoliyatini AQŞda bölib ötadigan prezidentlik saylovlari bilan boğlaydi. Şunday qilib, yaqinda sodir bölgan hujumlar bölajak saylovlarda demokratik nomzod bölgan vitse-prezident Kamala Harrisning aloqalariga ham ta’sir qilgan. Bundan taşqari, iyun oyida hakerlar Tramp saylovoldi ştabining içki hujjatlariga kiriş huquqiga ega bölişgan.
Hujumlar soni ortib borayotgani haqidagi ma’lumotlarni AQŞ Milliy razvedka xizmati, Federal tergov byurosi va Milliy xavfsizlik departamenti qoşidagi Kiberxavfsizlik va infratuzilma xavfsizligi agentligi tasdiqlagan. «Eron bu yilgi saylovlarni milliy xavfsizlik manfaatlariga ta’sir qilişi nuqtayi nazaridan muhim deb hisoblaydi», - deyiladi idoralar qöşma bayonotida.

















