AQŞ Adliya vazirligi Falastinning Hamas harakati bir qança yetakçilarini terrorizm, qotillik böyiça fitna uyuştiriş va sanksiyalardan böyin tovlaşda aybladi. Bu haqda 3 sentabr, seşanba kuni idora matbuot xizmati xabar berdi.

Tergovçilarga köra, ayblovlar Hamas yetakçilarining 2023 yil 7 oktyabrda Isroilda hujum harakatlarini rejalaştiriş, qöllab-quvvatlaş va amalga oşirişdagi markaziy roli bilan boğliq.

«Adliya vazirligi Yahyo Sinvar va boşqa yuqori martabali Hamas rahbarlarini Amerika fuqarolarini öldiriş va Amerika Qöşma Ştatlari milliy xavfsizligiga tahdid soladigan önlab yillar davom etgan kampaniyani moliyalaş, boşqariş va nazorat qilişda aybladi», dedi adliya vaziri va AQŞ boş prokurori Merrik Garlend. 

Uning eslatişiça, 7 oktyabr kuni gumonlanuvçilar 1200 ga yaqin odamni, jumladan 40 dan ortiq AQŞ fuqarolarini öldirgan va yuzlab tinç aholini öğirlab ketgan. 

Netanyahu: Hamas garovga olinganlarning ölimi uçun qattiq javob beradi

Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu Ğazo sektoridagi harbiy amaliyotni Hamas taşkiloti mağlubiyatga uçramagunça va jangçilar qölida qolgan isroillik garovga olinganlar ozod qilinmagunça davom ettirişga qat’iy qaror qildi. Bu haqda Isroil harbiy vazirlar mahkamasi rahbarining Rafah şahri yaqinidagi tunnellardan birida garovga olingan olti kişining jasadi topilganidan köp ötmay, 2 sentabr, duşanba kuni keçqurun ötkazilgan matbuot anjumanida bergan bayonotlarida aytilgan.

30 avgust kuni Ğazo sektori janubida tört erkak va ikki ayolning jasadi topilgan edi. Isroil Soğliqni saqlaş vazirligi 31 avgust kuni ötkazilgan sud-tibbiy ekspertizadan söng ma’lum qilişiça, garovga olinganlar 2-3 kun avval «Hamas tomonidan yaqin masofadan bir neçta öq uziş natijasida» öldirilgan.

2 centyabr kuni bölib ötgan matbuot anjumanida uşbu fojiani izohlar ekan, Netanyahu halok bölganlarning yaqinlaridan Isroil hukumati ularni tiriklayin uyiga qaytara olmagani uçun keçirim söradi. «Biz yaqinlaşdik, ammo muvaffaqiyatga erişa olmadik», deb tan oldi u. Şu bilan birga, Isroil boş vaziri Hamas bu jinoyat uçun qattiq javob berişini ta’kidladi.

Yaqin Şarqdagi keskinlaşuv

2023 yil 7 oktyabr kuni ertalab Hamasning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarşi «Al-Aqso töfoni» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. Ğazo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.