«Jus» (Juice) çaqiruv belgili Ondriy Pilşçikov va «Munfiş» (Moonfish) laqabi bilan tanilgan Oleksiy Mes — ikki yaqin döst, Ukraina qurolli kuçlari havo kuçlari uçuvçilari bölib, Ukraina Rossiyaga qarşi uruşda foydalaniş uçun Amerikaning F-16 qiruvçilarini qölga kiritişda jonbozlik körsatişgan. Pilşçikov 2023 yil avgustida, 30 yoşida jangovar topşiriqni bajariş vaqtidagi baxtsiz hodisa tufayli halok bölgandi. Undan bir yoş kiçik bölgan Mes ham bir yil ötib, F-16 samolyotida Rossiyaning Ukraina hududlari böylab raketa zarbasini qaytariş çoğida halokatga uçradi. The Wall Street Journal naşri ularning tarixini hikoya qildi.
Çapda Pilşçikov, öngda uning ölimidan roppa-rosa bir yil ötib halok bölgan Mes. Foto: Libkos/Getty Images
Oleksiy Mes Ukraina ğarbidagi Xmelnitskiy oblasti Şepetovka şahrida, Ondriy Pilşçikov — Xarkivda, mamlakat şarqidagi eng yirik megapolisda tuğilgan. Ularning ikkisi ham bolalikdan uçuvçi bölişni orzu qilişgan. Oleksiy otasining izidan armiyaga borişni rejalaştirgan. U ösmirlik çoğidayoq konkursda ğolib çiqqan — Kiyevga safar qiliş va sinovçi uçuvçi, mustaqil Ukraina tarixidagi ilk kosmonavt Leonid Kadenyuk bilan uçraşuvga yöllanma yutib olgan. Ondriy esa ösmirligida doimo samolyotlarning modellarini yiğardi va kamera kötarib Xarkiv aerodromlariga borar, parvozlarni kuzatardi. Ular sovet uçuvçisi Ivan Kojyedub nomidagi Xarkiv milliy havo kuçlari universitetiga öqişga kirganidan keyin tanişişgan va döst bölib qolişgan. 2016 yilda öqişni tamomlab, Mes va Pilşçikov Ukraina qurolli kuçlari havo kuçlari safiga qabul qilingan.
SSSR parçalangaç, sovetlarning yuzlab jangovar samolyotlari Ukraina qurolli kuçlari ixtiyoriga ötadi — qiruvçilardan tortib strategik bombardimonçilargaça. Havo floti AQŞ moliyalaştirgan, sovet respublikalarini qurolsizlantiriş dasturi doirasida qisman utilizatsiya qilingan. Texnikalarning qolgan qismi moliyalaştiriş yetişmasligi tufayli amalda yaroqsiz holatga kelgan. Uruş arafasida Ukrainada sovetlar davridan keyin modernizatsiya qilingan atigi bir neça ön jangovar samolyot qolgandi.
2014 yildan, Rossiya Qrimni anneksiya qilib, rossiyaparast ayirmaçilar Donbassda harbiy harakatlar boşlaganidan keyin AQŞ Ukraina bilan harbiy hamkorlikni faollaştiradi, jumladan, qöşma havo maşğulotlari taşkillaştiriladi. 2018 yilda Pilşçikov Kaliforniya Milliy gvardiyasi bilan ukrainlar uçun maşğulotlar taşkil etişda iştirok etgan. U öz çaqiruv belgisi «Jus»ni öşanda olgandi — angardagi ziyofatlar vaqtida alkogolli napitkalar örniga doimo şarbat buyurtma qilgani tufayli. «Munfiş» laqabining kelib çiqiş tarixi esa noma’lum.
Mavzuga oid
Bir yil ötib Pilşçikov va Mes almaşuv dasturi doirasida Kaliforniyaga borişganida ilk bor Amerikaning F-15 qiruvçilarida uçib körişadi. Milliy gvardiya pilotlari maşğulot parvozlari çoğida ma’lum vaqtga qiruvçilar boşqaruvini ukrainalik hamkasblariga ham topşirişadi. Bu tajriba döstlardagi Ukraina havo kuçlarining «şişirilgan va samarasiz» holatidan norozilik holatini yanada kuçaytirgan, deya qayd etgan The Wall Street Journal.
2021 yilda Pilşçikov şartnomasi muddati tugaganida byurokratiya, xizmatdagi yomon şaroitlar va juda past maoş, şuningdek NATO standartlarini joriy qiliş siyosati yöqligi tufayli armiyadan böşaydi. Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bosqini boşlanganidan keyin esa darhol qurolli kuçlar safiga qaytadi. U Oleksiy bilan birgalikda MiG-29 samolyotlarida osmonni qöriqlay boşaydi, bu samolyotlar Rossiyaning zamonaviy qiruvçilari bilan soliştirganda juda eskirib qolgandi. Ularning ikkisi ham Ukraina havo flotini modernizatsiya qiliş hayot-mamot masalasi ekanini tuşunib turardi. Ularning kursdoşlaridan biri, kapitan Oleksandr Korpan uruş boşlanganidan bir hafta ötmasdan jangovar topşiriqni bajariş çoğida halok böladi.
Döstlar Amerika jamoatçiligiga ta’sir körsatişga urinib körişga qaror qilişdi. Pilşçikov CNN jurnalistiga bergan intervyusija AQŞni Ukrainaga raketalar va radarlar berişga çaqirib, öz samolyotini namoyiş etadi hamda «bu bolakay» bilan u «rossiyaliklarning qiruvçisi qarşi samarasiz» ekanini ta’kidlaydi. Bu vaqtda eskadrilyaga qömondonlik qila boşlagan Mes esa intervyuda Ukrainadagi tayyor uçuvçilar soni samolyotlar sonidan köproq ekanini aytadi. U havo kuçlarining MiG-29’dan F-16’ga modernizatsiya qilinişini tugmali mobil telefondan iPhone’ga ötişga qiyoslaydi.
Amerikalik yozuvçi va harbiy tarixçi Adam Makos pilotlar bilan boğlanadi va ularni öz pozitsiyalarini himoya qiliş uçun AQŞga kelişga taklif etadi. 2022 yil iyunida uçuvçilar Vaşingtonda amerikalik senatorlar bilan uçraşadi hamda yana bir neça joyda intervyu berib, AQŞ hukumatini F-16 samolyotlarini Ukrainaga yetkazib berişga ruxsat berişga çaqiradi.
Pilotlardan omma qarşisidagi çiqişlar va siyosiy bayonotlar berişga könikiş uçun ma’lum vaqt talab qilinadi. Ular ilk televizion intervyudan oldin buning örniga qiruvçi samolyot şturvaliga ötirib, Rossiya çegarasiga qadar uçib borişni afzal körişlarini aytib hazillaşişadi, deya hikoya qiladi ukrainalik faol, ularga Amerika safarida hamrohlik qilgan Tatyana Şevçuk. CNN uçun intervyuda pilotlarga Amerikaning Kiyev uçun harbiy yordami uçun lobbist hisoblangan aktyor Şon Penn qöşiladi.
Senator Lindsi Grem WSJ naşri bilan suhbatda ukrainalik uçuvçilardagi ehtiros va xarizma unda katta taassurot qoldirganini aytadi. U bu ğoyani Jo Bayden ma’muriyatiga «olib çiqiş» qiyin bölişini tan olsa-da, yordam berişni va’da qiladi. Uçuvçilar bilan uçraşuvdan keyin olti nafar senator AQŞ mudofaa vaziri Lloyd Ostinga xat yozib, Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlari, raketa qurilmalari, vertolyotlar va zirhli texnikalar yetkazib berişga çaqiradi. Pilşçikov va Mes Vaşingtonda ekanida, ularga yana bir kursdoşi, Su-25 uçuvçisi Oleksandr Kukurba xat yozadi. U öz şturmoviki uçun Zuni raketalarini söragandi. Uçuvçi bir neça hafta ötib jangda halok böladi. AQŞdagilar raketalarni yuborişni ma’qullaydi.
F-16 samolyotlari böyiça qaror esa uzoq kutiladi. Bayden Ukrainaga qiruvçilar yuborilişi Rossiya tomonidan mojaroni keskinlaştiriş sifatida qabul qilinişidan çöçirdi. Avval ham, Vaşington Kiyevga HIMARS baravar öt oçiş reaktiv tizimlari hamda M1 Abrams tanklarini yuborişga ruxsat berişida ham şunday xavotirlanişlar bölgandi. Qolaversa, amerikalik harbiy mulozimlarni ukrainalik uçuvçilarni öqitiş uçun juda köp vaqt ketişi va qiruvçilarning jang maydonidagi foydasi katta bölmasligidan ham taşvişlanardi.
2023 yil mayida ukrainalik bloger Melaniya Podolyak uçun intervyusida (keyin ular uçraşa boşlaydi, ammo öz munosabatlarini sir saqlaşadi) Pilşçikov F-16 uruşda mehrigiyo böla olmasligi tan oladi, ammo heç bölmaganda Ukrainaning havo hujumidan mudofaasini sezilarli darajada mustahkamlaşini aytadi. Iyun oyida jangovar topşiriqni bajariş çoğida Pilşçikovning eng yaqin döstlaridan biri — Vladislav Savelev halok böladi. Uning samolyotini Rossiyaning zenit raketasi urib tuşirgandi.
Keyingi oyda AQŞ nihoyat ittifoqçilarga özlaridagi qiruvçi samolyotlarni Ukrainaga yuborişga va ukrainalik uçuvçilarni tayyorlaşga ruxsat beradi. Daniya va Niderlandiya birinçilardan bölib samolyotlarni yuborişini tasdiqlaydi. 20 avgust kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Daniyada F-16 kabinasiga çiqib köradi.
Öşa kuni Adam Makos Pilşçikovga matnli xabar yuboradi: «U yerdagilardan heç kim buni bilmaydi… ammo biz buni uddaladik!» «Jin ursin, ha!», — deya javob qaytaradi uçuvçi. U yaqin orada F-16 samolyotlarida maşğulotlar ötaş uçun xorijga jönab ketişi kerak bölgan dastlabki sakkiz pilotdan biri edi.
25 avgust kuni Pilşçikov Jitomir oblastidagi aviahalokat qurboni böladi. Jangovar topşiriqni bajariş çoğida ukrainlarning L-39 rusumli ikki samolyoti töqnaşib ketadi. Kapitan Pilşçikovdan taşqari, boşqa ikki pilot — mayorlar Vyaçeslav Minka va Sergey Prokazin ham halok böladi.
Oleksiy Mes halok bölgan döstisiz maşğulotga jönab ketadi. F-16 da uçiş böyiça maşqlar Daniyada va Arizona ştatida ötkaziladi. U intervyularidan birida takomillaştirilgan qiruvçida uçişni örganiş oson vazifa emasligi, çunki Ukraina havo kuçlari hamon ötgan ming yillikdagi texnologiyalardan foydalanişini tan oladi.
11 mamlakatdan iborat ğarb koalitsiyasi Ukrainaga Amerikaning F-16 samolyotlaridan 80 ga yaqinini yetkazib berişni va’da qiladi. Olti qiruvçidan iborat ilk partiya 2024 yil avgust oyi boşida yetib keladi. Volodimir Zelenskiy 4 avgust kuni Ukraina qurolli kuçlari havo kuçlari kunida samolyotlarni namoyiş etadi.
Bu voqea uçuvçilarning jangovar ruhini sezilarli darajada mustahkamlaydi. «Tuşunyapsanmi, bu hayotimdagi eng katta iş bölişi mumkin», — deydi Oleksiy Mes Daniyadan qaytganida rafiqasi Yuliyaga. U bir neça kunni uyda ötkazadi. «U menga joyida ötira olmasligi, çunki ular qaçon parvoz qilişini barça kutayotgani, u esa bu yerda heç narsa qilmasdan ötirganini aytdi», — deya hikoya qiladi Yuliya.
Ondriy Pilşçikovning ölimiga bir kun bölganida Oleksiy Mes uning onasiga yozib, öz döstini soğinayotganini aytadi. «Umid qilamanki, biz uni uyaltirib qöymaymiz», — deya qöşimça qiladi u.
Uçuvçi bilan vidolaşişga yuzlab kişilar — qarindoşlar va döstlar, quroldoşlar hamda qömondonlik vakillari kelişdi
Libkos / Getty Images
Keyingi tongda, 26 avgust kuni, u ilk bor F-16 samolyotida havoga kötariladi, Ukraina qurolli kuçlari boş ştabida ma’lum qilişlariça — zenit-raketa qöşinlari bölinmalari bilan birgalikda RFning Ukraina hududlari böylab raketa zarbalarini qaytariş uçun. Öşanda Amerika qiruvçilari pilotlari törtta qanotli raketani urib tuşirgan.
Keyinroq samolyotlardan biri halokatga uçragani ma’lum böldi. Ukraina qurolli kuçlari ilk F-16 yöqotilgani va pilot Oleksiy Mes halok bölganini tasdiqlaydi. Hodisa yuzasidan tekşiruv işlari davom ettirilmoqda. «Amerika ovozi» Ukraina xizmatining Ukraina qurolli kuçlaridagi anonim manbasi tergov halokatning bir neça ehtimoliy versiyalarini körib çiqayotganini aytgan: bu ukrain havo hujumidan mudofaa kuçlarining adaşib yöllagan zarbasi, texnik nosozlik va uçuvçi xatosi.
30 avgust kuni Volodimir Zelenskiy Ukraina qurolli kuçlari havo kuçlari qömondoni Mikola Oleşçukni iste’foga çiqardi. Köp ötmay Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov iste’fo F-16 halokati bilan boğliq ekani töğrisidagi xabarlarni rad etib çiqdi. «Men buni rotatsiya deb atagan bölardim. Bu ikkisi alohida masalalar… Ayni vaqtda men ularni bir-biriga boğlamagan bölardim», — dedi u.
Oleksiy Mesning öğli dafn marosimida otasi portreti bilan. Foto: Libkos / Getty Images
Vaşingtondagi uçraşuvdan keyin uçuvçilar bilan muloqotni davom ettirgan senator Grem endi F-16 pilotlarini tayyorlaş dasturini kengaytiriş ustida işlamoqda va hatto amerikalik hamda NATOning boşqa mamlakatlaridan bölgan iste’fodagi uçuvçilarni Ukrainada jang qilişga çorlamoqda. «Biz halok bölgan yigitlarning xotirasini şaraflaş uçun qilişimiz mumkin bölgan eng yaxşi iş — bu şunçaki sa’y-harakatlarni karrasiga oşiriş va ularning ölimi behuda bölmaganiga işonç hosil qilişdir», — degan u WSJ jurnalistiga.