Özbekistonda ikkinçi va uçinçi atom elektr stansiyalarini quriş rejalaştirilmoqda. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev 16-oktabr kuni yoqilği-energetika sohasidagi investorlar bilan ötkazilgan oçiq muloqotda maʼlum qildi.
«Birinçi atom elektr stansiyasi qurilişini boşladik. Ikkinçi va uçinçisini quriş böyiça ham rejalarimiz bor. Ertaga yangi hamkorlarimiz va investorlar bilan ikkinçi atom elektr stansiyasini quriş masalasini muhokama qilamiz», – dedi davlat rahbari.
Şavkat Mirziyoyev Özbekistonda uran işlab çiqariş hajmi oşib borayotganini, uşbu sohaga katta sarmoya kiritilib, tajriba töplanganini qöşimça qildi.
«Uran işlab çiqarişga biz juda katta sarmoya, imkoniyat, tajriba orttirdik desak, töğri böladi. Şuning uçun birinçi atom elektr stansiyasini boşladik, ikkinçi va uçinçisiga ham rejalarimiz bor», – deydi prezident.
Video:












