Foydalanuvchilar har qanday elektron xizmat oson, tez va xavfsiz bo‘lishini istaydi.

Raqamli hukumat aholiga davlat xizmatlarini raqamli texnologiyalardan foydalangan holda qulayroq, shaffof, samarali va ishonchli yetkazib berishni ta’minlaydi.

Avvallari davlat xizmatlari “sizga kerak bo‘lsa, bizni kelib toping” yoki “arizalarni to‘ldirishingiz kerak, ma’lumotnomalar olib kelishingiz kerak” qabilida ishlardi. Raqamli hukumat rivojlangani sari bunday sansalorliklarga hojat qolmayapti.

“Elektron hukumat”dan “Raqamli hukumat”ga...

O‘zbekistonda 2020 yildan “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilib, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi tasdiqlangan edi. Bu davlat boshqaruvini raqamli transformatsiya qilish yo‘lidagi ulkan qadam bo‘ldi. Ushbu tashabbus davlat organlarining ochiqligi, samaradorligi va idoralararo hamkorligini oshirishga xizmat qildi. 2023 yildagi “O‘zbekiston-2030” strategiyasi esa elektron hukumatni rivojlantirishning yangi bosqichi – “Raqamli hukumat” tizimiga o‘tishni belgilab berdi.

Ushbu strategiya quyidagi maqsadlarni o‘z ichiga oladi:

·        Elektron shaklda ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ulushini 100 foizga yetkazish;

·        Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) xizmatlari ulushini 50 foizga ko‘tarish;

·        Kompozit va proaktiv tarzda ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ulushini kamida 40 taga yetkazish;

·        Kamida 300 ta davlat xizmatini xususiy sektorga o‘tkazish;

·        Lisenziyalash va ruxsat berish hujjatlarini kamida 20 foizga qisqartirish;

·