Oxirgi oylarda propan narxi yoqilği quyiş şoxobçalarida keskin qimmatlaşdi. Bu birjada narxlar oşgani fonida röy beryapti.

5 iyun holatiga propanning 1 tonnasi 5 mln 320,4 ming sömdan sotilgan bölsa, bu 5 sentabrga kelib 8 mln 936,9 ming sömgaça qimmatlaşgan. Ya’ni 3 oy davomida uşbu mahsulot bahosi 68 foizga oşgan.

Rasmiy statistikaga köra, propan narxi birgina avgust oyida 20,2 foizga, yillik hisobda 32,7 foizga qimmatlaşgan.

Propan taklifi kamaygan

Iyun oyida birja savdolarida kunlik eng köp suyultirilgan gaz 14 iyun kuni sotilgan – 1981 tonna. Eng kami 24 iyun kuni – 1105 tonna. Iyul oyining dastlabki 15 kunligida kunlik sotuvlarning eng kam miqdori 1001 tonnani (13 iyul), eng köp miqdori esa 1513 tonnani (8 iyul) taşkil qilgan, ya’ni xaridorlar uçun yetarli miqdorda taklif mavjud bölgan. 16-31 iyul oraliğida esa kunlik sotuv 1000 tonnadan ham oşmagan.

Faqatgina 2 avgust kuniga kelib, narxlar keskin qimmatlaşganidan keyin birjadagi kunlik savdolar 1000 tonnadan köpaygan.

2024 yil iyun, iyul, avgust oylarida birja savdolarida sotilgan kunlik suyultirilgan gaz hajmlari / Birja ma’lumotlari asosida

Narxlar barqaror bölgan iyun va narxlar keskin oşa boşlagan iyul oyining ikkinçi yarmi va avgust oylaridagi kunlik sotuvlar hajmiga e’tibor qaratiladigan bölsa, sezilarli kamayiş kuzatilgan. Aynan yetarli darajada taklifning bölmagani ham sotuvlar hajmi qisqarişiga va narxlar oşişiga ta’sir qilgan asosiy omillardan biri bölişi mumkin. Ya’ni avgust oyining boşida metan narxlarining qimmatlaşişi propanga bölgan talabni oşirib yubordi, ammo mavjud talabni qondirişga yetarli bölgan taklif mavjud bölmadi.

“Energetik diversifikatsiya kerak”

Iqtisodçi Otabek Bakirov propan narxlari qimmatlaşib borayotganini Rossiyaga energetik qaramlik kuçaygani bilan boğlagandi.