8 sentabr kuni soat 18:00 larda, Sirdaryo viloyati, Oq oltin tumani, «Yangi davr» mahallasi hududidan ötuvçi A-373 avtomobil yölida bir neça avtomobil iştirokida yöl-transport hodisasi yuz berdi.
Sirdaryo viloyati YHXB xabariga köra, «Gentra» rusumli avtomobil tartibga solingan piyodalar svetoforida töxtagan. Şunda uning orqa tomonidan oraliq masofani saqlamagan holda kelgan 5 ta avtomobil bir-biriga urilgan
Oqibatda, barça 6 ta transport vositasi texnik şikastlangan, tan jarohati olganlar yöqligi ta’kidlanmoqda.
Hodisa yuzasidan Oq oltin tumani IIB xodimlari tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.











