Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
9 centyabr kuni soat 9:10 larda Mustaqillik shohko‘chasida Cobalt, Tracker-2, Lacetti, Nexia-3 va Skoda o‘zaro to‘qnashdi. YTHda tan jarohati olganlar yo‘q.
Joriy yilning 9 centyabr kuni soat 9:10 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Mustaqillik shohko‘chasida yo‘l-transport hodisasi qayd etildi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, 2002 yilda tug‘ilgan haydovchi O.T. boshqaruvidagi Cobalt, 1996 yilda tug‘ilgan haydovchi F.Y. boshqaruvidagi Tracker-2, 1998 yilda tug‘ilgan haydovchi T.Q. boshqaruvidagi Lacetti, 1993 yilda tug‘ilgan haydovchi O.Z. boshqaruvidagi Nexia-3 va 1984 yilda tug‘ilgan haydovchi Sh.A. boshqaruvidagi Skoda rusumli avtomashinalar to‘qnashishi oqibatida YTH sodir bo‘lgan.
YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:33 / 16.05.2026
Samarqanddagi YTHda ikkita yuk mashinasi yonib ketdi
11:00 / 16.05.2026
Chilonzorda Tracker piyodani urib yubordi
00:40 / 16.05.2026
Olmaliqda mototsiklchi 14 yoshli piyodani urib yubordi
16:48 / 15.05.2026