2024 yil 7 sentabrdagi qonun bilan ma’muriy islohotlar doirasida ta’lim sohasida davlat boşqaruvi takomillaştirilişi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.

“Ta’lim töğrisida”gi qonunga örta maxsus, professional, oliy ta’limni hamda oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oşiruvçi davlat va nodavlat ta’lim taşkilotlarini taşqi baholaşning yangi tizimi joriy etilişini, kadrlarning malakasini oşiriş hamda ularni qayta tayyorlaşni nazarda tutuvçi özgartirişlar kiritilmoqda.

Belgilanişiça, nodavlat ta’lim xizmatlarini körsatiş sohasidagi faoliyatni litsenziyalaş böyiça vakolatlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi örtasida taqsimlanadi.

Qonun oliy ta’lim, maktabgaça va maktab ta’limi sohasidagi respublika ijro etuvçi hokimiyat organlarining yaxlit tizimini şakllantirişga, şuningdek davlat va nodavlat ta’lim taşkilotlari tomonidan körsatilayotgan ta’lim xizmatlarining sifatini oşirişga qaratilgan.