Polşada Eynar, Eliot, Enso va Emi laqabli xizmat itlariga yangi dastur doirasida joriy etilgan harbiy unvonlar topşirildi, deb xabar beradi Associated Press.
Qayd etilişiça, Polşa Qurolli Kuçlari Boş ştabi boşliği general Veslav Kukula ötgan yili mamlakat armiyasida xizmat qiladigan itlarga olti turdagi — ryadovoydan kapral va serjantga qadar harbiy unvonlar topşirilişi böyiça farmoyiş çiqargan.
«Uşbu unvon itlarning xizmat davomidagi oğir mehnatini qadrlaş maqsadida joriy etilgan», — deydi Eliot laqabli itni beş oy davomida şuğullantirgan kiçik kapral Deniel Kesitski.
Taqdirlaş marosimida kinologlarga öz iti munosib körilgan harbiy unvon nişonlari topşirilgan. Ta’kidlanişiça, harbiy unvonlar 1 yildan ortiq vaqtdan beri xizmat ötayotgan itlarga berilmoqda.
«Ular portlovçi moddalarni topişga möljallangan oddiy vosita emas, balki tirik jonzotdir», — deydi kapitan Donimik Plaza.
Ma’lumotlarga köra, mukofotga loyiq körilgan 2-Mazovetskiy muhandislik polki itlari Parijda ötkazilgan Olimpiya va Paralimpiya öyinlarida obektlarda portlovçi moddalar bor-yöqligini aniqlaşda fransuz xavfsizlik xizmatlariga kömaklaşgan.
Polşa armiyasi itlari boşqa xalqaro missiyalarda, jumladan, Iroq va Afğonistonda ham xizmat ötab keladi. Yoz fasli boşida Ukraina minalarni tozalaşda harbiylarga yordam berişga örgatiş uçun 12 ta itni Polşaga yuborişini ma’lum qilgandi.











