Rossiya va Özbekiston Energetika vazirliklari Rossiyaning «Sistemnyy operator Yedinoy energetiçeskoy sistemy» taşkilotini Markaziy Osiyo Birlaşgan energiya tizimiga (BET) qöşilişi böyiça kelişib oldi. Bu haqda TASS yozdi.
«Markaziy Osiyoda alohida energetika tizimi mavjud, biz hali uning a’zosi emasmiz. Ammo Markaziy Osiyoning yagona energetika tizimini birgalikda boşqariş uçun «Sistemnyy operator» kirişi kerak, biz bu tizim bilan boğlanganmiz. Özbekiston tomoni buni töliq qöllab-quvvatlaydi. Biz buni yaqin kelajakda amalga oşiramiz», dedi Rossiya Energetika vazirligi rahbari Sergey Tsivilev.
Uning ta’kidlaşiça, uşbu taşabbus elektr energiyasini tijorat eksporti va mamlakatlar örtasidagi oqimlarni boşqariş bilan boğliq bölib, bu energiya tizimlarini tanqislik, tabiiy omillar va yuqori yuklanişlarda tezda muvozanatlaş imkonini beradi.

«Agar tösatdan kimdadir nimadir yuz bersa, biz muvozanatni saqlaş uçun oqimlarni tezda qöllab-quvvatlay olamiz. Bu tizim xavfsizligini töğri ta’minlaşimiz uçun muhim», deb qöşimça qildi Özbekiston energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov.












