Thomaston Place auksion galereyasi asosçisi Kaja Veilleux Men ştatidagi Kamden şahrida joylaşgan xususiy uylardan biriga rejali taşrifi davomida, bino çerdagida XVII asrga tegişli suratga duç keldi, deb xabar beradi CNN.
«Uylarga çaqiriq davomida biz kör-körona, nima topişimizni bilmagan holda boramiz. Uşbu uy köplab san’at asarlariga töla edi, ammo çordoqda ğaroyib portretga duç keldik», — deydi Veilleux.
Topilgan san’at asari niderlandiyalik rassom Rembrandt uslubida çizilgan va uning romining orqa tarafiga ham maşhur ijodkorga tegişli yorliq yopiştirilgan. Filadelfiya san’at muzeyi tomonidan berilgan bir parça varaq kartina 1970 yilda muzeyga ijaraga berilganini tasdiqlaydi.

Ammo portret haqida ma’lumot juda kam va u aksariyat mutaxassislar tomonidan Rembrandt ijodining bir qismi sifatida tan olinmagan. Kimoşdi uyining ma’lum qilişiça, suratdagi yorliq haqiqiy, Filadelfiya san’at muzeyi esa kartinani ijaraga olganini tasdiqlay olmagan.
Thomaston Place topilgan suratni Rembrandt böyiça ekspertlarga körsatgan yoki körsatmagani noma’lum, şunga qaramay, ular kartinani 10-15 ming dollar qiymatida sotuvga qöygan. Portret «Rembrandt kabi» nomi ostida kimoşdiga çiqarilgan bölib, dastlabki taklif etilgan narx 32,5 ming dollarni taşkil etgan.
Ma’lumotlarga köra, kimoşdi savdolarida öndan ortiq potensial xaridorlar iştirok etgan bölib, ularning ayrimlari Yevropadan telefon orqali qatnaşgan. Telefon orqali savdoga kirişgan uç nafar xaridor taklif etgan eng yuqori narx 900 ming dollarga yetgan. Şundan keyin kartinani sotib olişni istagan yana ikki kişi uning qiymatini 1,41 million dollarga qadar kötargan.
Kimoşdi uyining qayd etişiça, bu Men ştatida auksion orqali sotilgan eng qimmat san’at asaridir.
Rembrandt böyiça tadqiqotçi Geri Şvarsning aytişiça, potensial xaridor avvalroq uşbu surat haqida uning fikrini söragan. U noma’lum kolleksionerga (savdoda ğolib böla olmagan) xaridni amalga oşirişni tavsiya qilgan. San’at tarixçisining sözlariga köra, mazkur portret niderlandiyalik rassom tomonidan çizilganining «ehtimoli juda katta».

















