30 dan ortiq davlatning 300 nafardan ziyod sumo sport turi ustalari iştirok etgan nufuzli musobaqalarda mamlakat şarafini Özbekiston sumo federatsiyasi raisi Kamol Usmonov boşçiligidagi 15 nafar sportçi himoya qildi.
Osiyo çempionatida Öktam Rajabov kattalar örtasidagi bahslarda qatnaşib, bellaşuvlar natijasiga köra, bronza medaliga ega çiqdi.
Kattalar örtasida keçgan bahslarda mahoratli sumoçi Durdona Abdujabborova jahon çempionatining bronza medaliga ega çiqdi.

Musobaqalar doirasida taşkil etilgan Butunjahon sumo federatsiyasining kongressida taşkilotning yangi rahbar organi saylandi.
Yiğiliş davomida xalqaro ekspertlar Özbekistonda sumo sport turi jadal rivoj topayotganini e’tirof etdi hamda joriy yilning oktyabr oyida sumo böyiça xalqaro öquv-maşğulot yiğini Toşkentda taşkil etilişi rejalaştirilayotganini bildirdi.

















