Tojikistonning Rossiyadagi elçixonasi öz fuqarolariga Rossiyaga safar qilişdan vaqtinça tiyilişni tavsiya etdi.

«Rossiya Federatsiyasi hududidagi quruqlik va havo ötkaziş punktlarida xorijiy fuqarolarning davlat çegarasi orqali kirib kelişi ustidan kuçaytirilgan nazorat rejimi davom etayotganligini hisobga olib, Tojikiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elçixonasi Tojikiston Respublikasi fuqarolariga vaqtinçalik Rossiya Federatsiyasiga sayohat qilişdan tiyilişni tavsiya etadi», deyiladi bayonotda.

Eslatib ötamiz, şu yilning 27 aprel kuni Rossiya Taşqi işlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova Rossiya çegarasida «çegaradan ötayotgan şaxslarning fuqaroligidan qat’i nazar» amalga oşiriladigan «tekşiruv tadbirlarini» e’lon qilgan edi. Uşbu tadbirlar Moskvadagi «krokus Siti Xoll» konsert zalida sodir bölgan terrorçilik harakatidan keyin kuçaytirildi.

Avvalroq, Qirğizistonning Rossiyadagi elçixonasi ham Rossiya Federatsiyasiga boriş uçun uzrli sabablari bölmagan öz fuqarolariga «safar qilişdan vaqtinça tiyiliş»ni tavsiya etgan edi.