Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötkazilgan videoselektor yiğilişida boş vazir örinbosari boşçiligida kambağallikni qisqartiriş masalalari bilan şuğullanuvçi komissiya tuzilişi belgilandi.

Qayd etilişiça, Ijtiimoiy himoya agentligi direktori uşbu komissiya rahbariga örinbosar böladi. Viloyat va tuman komissiyalariga hokimlar boşçilik qiladi.

Komissiya har bir viloyatda bittadan tumandagi işlarni haftalik muhokama qilib, biriktirilgan rahbarlar faoliyatiga baho beradi. Joylarda kötarilgan masalalarni zudlik bilan hal qilib boradi. Kambağallikni qisqartiriş böyiça rejalar ijrosi yuzasidan har oyda Prezidentga axborot kiritadi.

Şuningdek, 9 ta iqtisodiy tadqiqot markazlari va oliygohlari ham ilmiy yondaşuvlar asosida kambağallikni qisqartiriş masalalari bilan şuğullanişi belgilandi.

Yiğiliş davomida mutasaddilarning kun tartibidagi masalalar yuzasidan hisobotlari va rejalari tinglandi.