Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligining ma’lum qilişiça, PF-200-sonli prezident farmoni bilan Oliy sudga har çorak yakuni bilan keyingi oyning 15-sanasiga qadar sudlar tomonidan davlat organlari va taşkilotlari, ularning mansabdor şaxslari noqonuniy çiqargani uçun bekor qilingan qarorlari töğrisidagi ma’lumotlarni oçiq e’lon qilib boriş vazifasi yuklatilgan.

Farmon ijrosini ta’minlaş maqsadida Oliy sudning interaktiv xizmatlar portali — my.sud.uz’da bunday tartib yölga qöyilgan. Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi undagi ma’lumotlarning öz vaqtida va sifatli joylaştirilişini monitor qilmoqda.

Tahlillarga köra, 2024 yilning 6 oyi davomida davlat organlari va taşkilotlari, ularning mansabdor şaxslari, şuningdek mahalliy hokimliklarning jami 2206 ta qarori sudlar tomonidan bekor qilingan.

Xususan, mazkur davrda ma’muriy sudlar tomonidan ma’muriy organ qarorini haqiqiy emas deb topişga doir jami 3933 ta iş körilgan, ularning 1725 tasi qanoatlantirilgan.

Joriy yil birinçi yarmida mahalliy hokimlik qarorlarining haqiqiy emas deb topilişiga oid jami 1397 ta iş körilgan va şundan 481 tasi qanoatlantirilgan.