Vazirlar Mahkamasining tegişli qaroriga asosan davlat idoralariga budjet hisobidan Yangi yil korporativlarini ötkaziş taqiqlandi.
Hukumat qaroriga köra, vazirliklar, idoralar, viloyatlar va Toşkent şahar hokimlari hamda davlat uluşi 50 foizdan kam bölmagan xöjalik birlaşmalariga budjet va undan taşqari mablağlar hisobidan Yangi yil bayrami munosabati bilan korporativ tadbirlar ötkaziş hamda bayram dasturxonini yoziş man etiladi.
Bu taqiq aynan budjet mablağlari va undan taşqari mablağlarni sarflamaslikka qaratilgan bölib, davlat organlari va taşkilotlari xodimlari öz oylik maoşlari hamda rağbat pullari hisobiga işdan taşqari vaqtlarda Yangi yil bayrami tadbirlarini taşkil etişlari mumkin böladi.
Davlatga qaraşli bölmagan tijorat taşkilotlari, xususiy firmalar va kompaniyalar uçun mazkur çeklovlar tatbiq etilmaydi. Ular bayram tadbirlarini öz içki qoidalari va moliyaviy imkoniyatlaridan kelib çiqib taşkil etişlari mumkin.
Mazkur qaror budjet intizomini kuçaytiriş, davlat mablağlaridan foydalaniş samaradorligini oşiriş va jamoatçilik oldida oçiqlikni ta’minlaşga qaratilgan navbatdagi çora sifatida baholanyapti.












