Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) maymunçeçakka (Mpox) qarşi birinçi vaksinani tasdiqladi. Bavarian Nordic vaksinasi Daniyada işlab çiqilgan, deb xabar berdi Reuters.

Preparat dastlabki saralaş jarayonidan ötdi. Uning yordamida dori vositalarining rasmiy röyxati şakllanadi.

«Maymunçeçakka qarşi vaksinaning dastlabki kvalifikatsiyasi Afrikadagi hozirgi avj oliş şaroitida ham, kelajakda ham uşbu kasallikka qarşi kuraşimizdagi muhim qadamdir», dedi JSST boş direktori Tedros Adanom Gebreyyesus.

JSST xabariga köra, Yevropa davlatlari, AQŞ va Yaponiya çeçakka qarşi işlatiladigan vaksinaning 3,6 million dozasini xayriya qilişga va’da bergan. Vaksinatsiya 2 oktyabrdan boşlanişi kutilmoqda.

Bavarian Nordic vaksinasi 2022 yildan boşlab qöllanmoqda. AQŞ va Yevropa regulyatorlari uni 2022 yilda butun dunyo böylab tarqalgan boşqa Mpox ştammiga qarşi qöllaşni ma’qullagan edi. JSST bu jarayonni rasman joriy yilning avgust oyida boşladi va endi yakunladi.

Vaksinaning narxi taxminan 100 dollarga teng. U 18 yoş va undan katta odamlarda çeçakka qarşi emlaş uçun tasdiqlangan, ammo bolalar, homilador ayollar va immunitet tanqisligi bölgan odamlarda epidemiya şaroitida qöllanilişi mumkin.

Maymunçeçak epidemiyasi avvalroq JSST tomonidan xalqaro favqulodda holat deb e’lon qilingan edi. Uşbu infeksiya yaqin aloqa orqali yuqadi va odatda yengil alomatlarni keltirib çiqaradi, ammo ba’zi hollarda ölimga olib kelişi mumkin.