Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi Çilonzor tumani Novza köçasida “kotlovan” sabab yölning bir qismi öpirilib tuşgani holatiga rasmiy munosabat bildirdi.
Vazirlikka köra, holat Toşkent şahar Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida hududiy nazorat qiliş inspeksiyasi tomonidan tezkor örganilgan.
Ma’lum qilinişiça, uşbu obektdagi quriliş işlari “Runa International Trading INC” MÇJ tomonidan amalga oşirilmoqda.
“Pastki qavatlari savdo va maişiy xizmat körsatiş majmuasidan iborat köp kvartirali turar joy obektida quriliş-montaj işlari Vazirlar Mahkamasining 200-sonli qarori talablariga zid ravişda, ya’ni inspeksiyadan quriliş-montaj işlarini boşlaş uçun xabardor qiliş tartibi orqali röyxatdan ötmagan holda boşlab yuborilgan.
Örganişlar davomida hudud atrofi profnastil bilan öralib, yer işlari tegişli qoida va me’yorlarga amal qilinmagan holda olib borilayotgani aniqlangan”, deyiladi rasmiy munosabatda.
Qöşimça qilinişiça, MÇJ rahbariga quriliş-montaj işlarini töxtatişga doir ogohlantiriş xati yuborilgan. Hozirda holat nazoratga olingan bölib, qöşimça ma’lumot taqdim qilinişi bildirilgan.
Avvalroq 12 sentabr kuni Toşkent şahri Çilonzor tumanida kotlovan sabab yölning bir qismi qulab tuşgani xabar qilingandi. Holat tumanning Novza köçasidagi yangi qurilişi reja qilingan Novza Rezidence köp qavatli turar joy majmuasi hududida röy bergan.

















