Buyuk Britaniyaning Kent şahrida yaşovçi 23 yoşli Liza Koffi farzandini «ikki marta dunyoga keltirdi». Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Ta’kidlanişiça, ona homiladorlikning dastlabki bosqiçlarida bolaning umurtqa poğonasi şikastlangan holda tuğilişi ehtimoli borligini bilib qolgan. Kasallikning rivojlanişini töxtatiş uçun ayol homiladorlikning oltinçi oyida bolani «tuğişga» rozi böldi - şifokorlar bolani çiqarib olib, nuqsonni tuzatdi va qaytarib ona qorniga joylab qöydi.

Şundan söng, çaqaloq tabiiy ravişda 38-haftada dunyoga keldi. Tuğilgandan söng bola sakkiz kun intensiv terapiya bölimida yotib, bir neça marta jarrohlik amaliyotini ötkazdi. Şifokorlarning fikriça, bola katta ehtimol bilan yura olmaydi, biroq, fizioterapiya muolajalari orqali ahvoli yaxşilanişi mumkin.

Qayd qilinişiça, bola kamdan-kam uçraydigan miyelomeningotsel bilan xastalangan.

«Bu kamdan-kam hollarda böladi; 1000 homiladorlikdan faqat 1 tasi şunday operatsiyani talab qiladi», dedi Milliy soğliqni saqlaş xizmati şifokori Hana Patel.

«Bolada miyelomeningotsel (umurtqa poğonasining şikastlanişi) aniqlangan. Bunday holatda homilaga jarrohlik amaliyoti zarur edi. Bu odatda hayot uçun xavfli tuğma nuqsonni davolaş uçun amalga oşiriladi. Uşbu amaliyot bunday kasallik bilan tuğilgan bolalarning ahvolini yaxşilaydi. Köplab bolalar töğri davolaş va parvariş bilan baloğatga yetadi. Bunday kasallikda odamning örtaça yoşi 40 yil. Köpinça bunday xastalik bilan yaşaş qiyin bölsa-da, odam mustaqil va baxtli hayot keçirişi mumkin», dedi şifokor.