Ijtimoiy tarmoqlarda Inbazar savdo tarmoği xodimi qöl ostidagi yoş xodimni kuç işlatib, jazolayotgani aks etgan video tarqaldi. Xodim, garçi «bilmasdan qildim», deya uzr söraganiga qaramay, rahbari yoş yigitning yuzi va tanasiga 5-6 marotaba urgan. Şuningdek, haqorat ham qilgan.
Inbazar asosçisi Xolmatov Omadbek bu holat böyiça qonuniy çora körilişini ma’lum qildi.
«Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoni körib, özim şok bölib qoldim. Bu qilingan ablahona işi uçun albatta qonuniy javobgarlikka tortilişiga işonçimiz komil. Yillar davomida işxonada özaro hurmat bölişiga harakat qilamiz, lekin köp odam işlagani uçun buni nazoratini ola olmay qolibmiz. Buning uçun uzr söraymiz.
Lekin bu zöravonlikka qarşimiz, bu holat böyiça qonuniy çoralar körilyapti. Tafsilotlarini aytamiz», degan dökon asosçisi.

















