Braziliya Federal oliy sudi avvalroq bloklangan X Brasil va Starlink Holding kompaniyalari hisobraqamidan 3,3 million dollardan ortiq mablağni davlat ğaznasiga ötkaziş böyiça körsatma berdi.

Sentyabr boşlarida Braziliya Federal oliy sudi sudyasi Aleşandr de Moraes Milliy telekommunikatsiya agentligiga X ijtimoiy tarmoğining butun mamlakat böylab işini 24 soat içida töxtatişni buyurgandi.

Braziliyaning Globo telekanali öz saytida ta’kidlaganidek, avvalroq amerikalik milliarder Ilon Maskka tegişli mikrobloglar servisi mamlakatdagi qonuniy vakilini 24 soat içida tayinlaş talabiga amal qilmagan.

Federal oliy sud saytida qayd etilişiça, Banco Citibank S.A. va Ita Unibanco S.A.banklari sudning körsatmasini ma’qullagan va Braziliya Markaziy bankiga murojaatni amalga oşirgan.

«Braziliya Federal oliy sudi sudyasi Aleşandr de Moraes mamlakat ğaznasiga 18,35 million real ötkaziş böyiça körsatma çiqarib, agarda sud qarori bajarilmasa, uşbu kompaniyalarning hisobraqamlari va aktivlarini zudlik bilan bloklaşni buyurdi», — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanişiça, X Brasil, Internet Ltd hamda Starlink Brazil Servicos de Internet Ltd kompaniyalari belgilangan tartibda sud qarori haqida xabardor qilingan, ammo ular «öz vaqtida apellyatsiya bermagan».

Avgust örtalarida Braziliya sudi X’dan ijtimoiy tarmoqda «feyk» tarqatgan ayrim akkauntlarni bloklaşni talab qilgani töğrisida xabar berilgandi. Ijtimoiy tarmoq avvaliga talabni bajargan, ammo keyin Mask «Braziliyadagi barça daromaddan ayrilib, u yerdagi ofisini yopişga majbur bölsa ham», akkauntlarni blokdan çiqarişini ma’lum qildi. Moraes sud faoliyatiga tösqinlik qilgan milliarderga qarşi tergov boşladi va akkauntlar bloklanmagunça undan har kuni 20 ming dollar miqdorida jarima undiriş bilan tahdid qildi.