Yakkasaroy tumanidagi «Puşkin» xiyoboni hududida zamonaviy suvtuşar boğ barpo etiş böyiça taqdimot bölib ötdi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, taqdimotda Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova «Puşkin» xiyobonida aholiga qulayliklar yaratiş maqsadida boğ hududi zamonaviy dizayenda bölişi haqida ma’lumot berib ötgan.

Şuningdek, Koch Construction quriliş kompaniyasi mas’uli Bahri Saka uçraşuv iştirokçilariga boğ hududida olib boriladigan işlarning loyihasi bilan taniştirib ötgan.

Bundan taşqari, Yakkasaroy tumanidagi Şota Rustaveli köçasini 24/7 rejimida faoliyat yurituvçi, gastronomik turizm köçasiga aylantiriş loyihasi töğrisida ham ma’lumotlar berib ötilgan.

Xorijiy va mahalliy sayyohlar taşrif buyuradigan tun-u kun faoliyat körsatadigan savdo, köngiloçar, gastronomik va turizm köçasiga aylantiriş, uşbu köçadagi mavjud bino va inşootlarni zamonaviy qiyofaga keltiriş, jumladan, quriliş-ta’mirlaş, rekonstruksiya qiliş va hududni obodonlaştiriş haqida taniştirilgan.

Ma’lumot uçun, gastronomik turizm köçasida velosipedlar uçun uzunligi 1,6 kilometr maxsus yölak, 40 dona zamonaviy örindiq, imkoniyati çeklangan insonlar uçun 10 ta joyda maxsus panduslar örnatiladi. Şu bilan birga, 1,5 kilometr maydonda yaşil hudud barpo etiladi, avtobuslar uçun mavjud 6 ta bekat töliq zamonaviy rekonstruksiya qilinadi. Hududda hojatxonalar taşkil etiladi. Şuningdek, hududdagi kesib ötuvçi yer osti yölaklarga imkoniyati çeklangan fuqarolar uçun 4 dona pandus qoyiladi va 2 ta çorraxadagi yer osti yölaklari rekonstruksiya qilinadi.