Buxoro viloyatining Romitan tumanida kotlovan qaziş jarayonida qöşni binoning bir qismi qulab tuşdi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi. Holat bugun tumanning Azizon köçasida sodir bölgan.
Manbaga köra, manzilda köp qavatli turar joy binosi qurilişi uçun yer işlari amalga oşirilmoqda. Bir qismi qulab tuşgan bino ham yangi qurilgan bölgan.
Holat yuzasidan hozirça rasmiy ma’lumot berilmadi. Jabrlanganlar bor yoki yöqligi aniq emas.
Keyingi vaqtlarda kotlovan qazişda texnologik protsess notöğri bajarilişi oqibatida tutaş hududdagi uylar qulaşi, yöllar öpirilişi holatlari köpaymoqda.
May oyida Samarqand viloyatining Past Darğom tumanida kotlovan notöğri qazilişi oqibatida quriliş obektiga tutaş bölgan uy qulab tuşgan edi. 12 sentabr kuni esa Toşkent şahri Çilonzor tumanida kotlovan sabab yölning bir qismi öpirildi.
















