Taniqli tahlilçi Min-Çi Kuo ma’lumotlariga köra, iPhone 16 liniyasi smartfonlariga talab Apple kutganidan past böldi. U kompaniya saytida çop etilgan qurilmalarni yetkazib beriş zanjiri va muddatlari haqidagi ma’lumotlarni örganib çiqib, şunday xulosaga keldi.

Birinçi haftada törtta qurilmadan iborat yangi iPhone seriyasidan 37 millionga yaqin smartfon sotilgan. Ötgan yili çiqarilgan iPhone 15 liniyasi bilan soliştirganda, bu körsatkiç 13 foizga kamaydi.

Savdoning pasayişiga asosan iPhone 16 Pro va 16 Pro Max «aybdor»: ularning sotuvi ötgan yilgi şu kabi modellarga nisbatan 27 foizga kamaydi. Asosiy 16-model va iPhone 16 Plus talab böyiça özidan oldingi modellarni ortda qoldirdi, ammo bu Pro versiyalariga qiziqişning pasayişini qoplaş uçun yetarli emas edi.

Kuo sözlariga köra, talabning kamayişi sabablaridan biri şundaki, iPhone 16 Pro va 16 Pro Max dastlab Apple Intelligence sun’iy intellekt funksiyasini qöllab-quvvatlamaydi – ularning ba’zilari oktyabr oyida, iOS 18.1 çiqarilgandan söng işlaydi. Bundan taşqari, dastlab ular faqat AQŞ hududida işlaydi.