Tanasining boş qismi qöşilib ketgan pokistonlik bir yaşar egizaklar Minal va Mirxa Britaniyaning yetakçi jarrohi tomonidan ötkazilgan 14 soatlik murakkab operatsiya natijasida muvaffaqiyatli ajratib olindi.

Greyt Ormond-strit kasalxonasi professori Nur ul-Ovase Jilani Turkiyada qizçalar ustida murakkab jarrohlik amaliyotini ötkaziş uçun ilk bor aralaş reallik deb ataladigan 3D zamonaviy texnologiyalardan foydalandi.

Ikkala bemor hozirda şifoxonada davolanmoqda, keyingi oyda ular Pokistondagi uyiga qaytadi. Çaqaloqlar töliq soğayib, normal hayot keçirişi kutilmoqda.

Anqara şahridagi Bilkent şifoxonasida 19 iyulda ötkazilgan jarrohlik amaliyotida mahalliy şifokorlar ham qatnaşdi. Uşbu amaliyot ikki bosqiçli jarrohlikni talab etib, uç oyda yakunlandi. Sönggi jarrohlik bosqiçi 14 soat davom etdi.

Pokistonlik qizlarni kraniopag-egizaklar deb ataşadi, çunki ularning boşlari qöşilib ketgan. Ulardagi hayot uçun muhim bölgan qon tomirlari va miya töqimalari umumiy edi, şu sababli ularni ajratiş uçun öta murakkab jarrohlik amaliyoti talab etildi.

Aralaş reallik (AR) texnologiyasi 3D tasvirlarni fizik dunyo bilan birlaştiradi va murakkab operatsiyalar paytida aniqlikni oşiriş uçun qöllanadi. U jarrohga bemorni yaxşiroq körişga yordam beradi, bunda raqamli ma’lumotlar, masalan 3D skanerlar reallikka qöşib körsatiladi.

Operatsiyadan avval egizaklarning 3D modeli yaratilgan. Bundan maqsad Anqaradagi şifokorlarga operatsiya xonasida kutilayotgan vaziyatni tasavvur qilişga kömaklaşiş, Britaniya jamoasiga esa operatsiyaga tayyorgarlik köriş va uni maşq qiliş imkonini yaratiş edi.

Professor Jilani uşbu texnologiya yordamida köplab odatiy operatsiyalar ança xavfsiz va samaraliroq ötkazilayotganini ta’kidladi.

“Bu qizçalarga va ularning oilalariga mustaqil yaşaş, bolalikdan töliq bahramand böliş imkoniyatini taqdim etiş — alohida şaraf”, deya ta’kidladi u.