18 sentabr kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi vakillari matbuot anjumani ötkazildi. Unda iştirok etgan vazir örinbosari Jusipbek Kazbekov Kun.uz muxbirining M25 gaz konidagi vaziyat fonida ekologiyaga qança zarar yetkazilganiga oid savoliga javob berdi.

Uning aytişiça, hozirda bu zararlar hisob-kitob qilinmoqda, buning uçun joylarga mas’ul mutaxassislar yuborilgan. Şuningdek, Kazbekov kondagi vaziyat borasida umuman nimalar qilinganini ham aytib ötdi.

“Vazirligimiz hukumatning bir bölimi, hukumat komissiyasi a’zosi sifatida joyiga 2 sentabr kuni yetib borganmiz. Men özim şaxsan borganman. Bu holat Surxondaryodagi boşqarmamiz va respublika tomonidan monitoring işlarini olib boriş uçun özimizning mobil laboratoriyalarimiz, ekolab uskunalarini olib borib, özim ham joylarda ölçaş işlarida qatnaşganman. Har soat davomida har xil nuqtalarda havoning namunalari olinib. [U yerning] yaqinida qişloğimiz bor, "Mustaqillikning 25 yilligi" kimyo-gaz majmuasi yonida, şu yerda işlar amalga oşirganmiz.

Zarar hisoblanadimi [yoki yöq] – bu böyiça ham zarur loyiha hujjatlari asosida yoki bevosita ölçaş natijasida bunday işlarni olib boryapmiz. Hisob-kitoblar oxiriga yetgaç, örnatilgan tartibda taqdim etiladi”, – dedi u.

Rasmiyga köra, 1-15 sentabr kunigaça kondagi vaziyat yuzasidan Ekovazirlik hamda SES xodimlari birgalikda belgilangan hududlarda örganiş işlarini olib borib, respublika ştabiga ma’lumotlarni doimiy ravişda berib bormoqda.

“Hozir keçagi [holat] böyiça ham xodimlarimiz joyiga çiqqan. U yerda ham bizga qonunçilikda örnatilgan tartibda belgilangan vazifalarimizni davom ettiramiz”, – deya ta’kidladi u.

Qolaversa, vazir örinbosari hozirda kondan vodorod sulfidi me’yordan ortiq çiqişi kuzatilmayotgani, u yerda texnik işlab çiqariş bilan boğliq hodisa bölganini qayd etdi. “Keçagi [me’yordan] ortiq bölgani kuzatilmadi. Biz 7 xil har xil gazlarni ölçayapmiz, unday normativdan oşiş holatlari kuzatilmagan”, – dedi mas’ul.

Avvalroq, Boysundagi konda 17 sentabr kuni takroriy avariya röy berib, bir neça kişi halok bölgani oydinlaşgandi.