Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant «uruşning yangi bosqiçi» boşlanganini e’lon qildi. Bu haqda Times of Israel yozdi.
Vazir «harbiy harakatlarning oğirlik markazi» şimoliy yönalişga, ya’ni Livan bilan çegaraga ötkazilişini e’lon qildi.
«Oğirlik markazi şimolga qarab köçmoqda. Biz kuçlarni, resurslarni va energiyani şimolga yönaltirmoqdamiz», dedi Gallant öz idorasi tomonidan tarqatilgan bayonotda.
Qayd qilinişiça, tongda Isroil mudofaa kuçlarining 98-diviziyasi Ğazo sektorida bir neça oy davom etgan janglardan söng mamlakat şimoliga köçirilgan.
«Men bu uruşning yangi bosqiçi arafasida ekanligimizga işonaman va biz moslaşişimiz kerak. Bizga vaqt ötişi bilan izçillik kerak böladi, bu uruş katta jasorat, qat’iyat va matonat talab qiladi», dedi Gallant.
Uning sözlariga köra, Isroilning şimoldagi uruşining maqsadlari «aniq va oddiy: şimoldagi şaharlar aholisini öz uyiga eson-omon qaytariş».
«Biz garovga olinganlarni va janubdagi vazifalarimizni unutganimiz yöq. Bu bizning burçimiz va biz uni bir vaqtning özida bajaramiz», deb qöşimça qildi Gallant.
Isroil armiyasi ştab boşliği Hersi Xa-Levi Isroilning «Hizbulloh»ga qarşi kuraşda «köproq imkoniyatlari» borligidan ogohlantirdi.













