Ilon Maskning Neuralink startapi közi ojiz odamlarga köriş imkonini beruvçi Blindsight deb nomlangan eksperimental implantni taqdim etdi, deb yozdi Reuters. Qayd qilinişiça, implant hatto ikkala közi va köriş nervini yöqotgan yoki tuğilgandan beri umuman körmaganlarga ham yordam beradi.

«Miyaning köriş qobiği şikastlanmagan bölsa, implant tuğilgandan beri kör bölganlarga ham yordam beradi», dedi Neuralink asosçisi Ilon Mask.

Implant allaqaçon AQŞ oziq-ovqat va farmatsevtika nazorati idorasidan (FDA) ruxsat olgan: u «öta muhim qurilma» sifatida tan olingan. Endi Neuralink implantni insonlarda sinab körişi mumkin böladi, kompaniya allaqaçon arizalarni qabul qila boşlagan.

Maskning ta’kidlaşiça, dastlab Blindsight tasvir sifati past böladi - taxminan Atari konsollaridagi grafikalar bilan bir xil. Ammo kelajakda ular tasvirni yaxşilaydi, şuningdek, infraqizil, ultrabinafşa yoki hatto radar tölqin uzunligi diapazonida köriş qobiliyatini qöşadi.

Avvalroq, Neuralink falaj bölgan odamlarga fikr kuçi bilan elektron qurilmalardan foydalaniş imkonini beruvçi implantni taqdim qilgan edi. Avgust oyida şunday bemorlardan biri implant yordamida Counter-Strike 2 öynaşga muvaffaq böldi.