Vengriya Niderlandiya ortidan Yevropa Ittifoqi migratsiya qoidalariga rioya qilişdan boş tortiş niyatini e’lon qildi. Bu haqda 18 sentabr, çorşanba kuni Vengriya Yevropa işlari vaziri Yanoş Boka ma’lum qildi.

«Noqonuniy migratsiyaga qarşi qat’iy çoralar köriş kerak», deb yozgan vazir X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida. Şu sababli Budapeşt Yevropa Ittifoqining boşpana böyiça qoidalaridan çiqiş uçun Yevrokomissiyaga murojaat qilmoqçi. Avvalroq Niderlandiya Yevropa idorasiga xuddi şunday sörov yuborgan edi. Niderlandiyaning eng yirik öng qanot populistik Ozodlik partiyasi (PVV) rahbari Gert Vilders «bu yangi şamol esib borayotganidan dalolat», dedi.

Niderlandiya va Vengriya öz taşabbusi bilan muvaffaqiyat qozonişi dargumon. Uşbu davlatlarni Yevropa Ittifoqi migratsiya tizimidan çiqarib taşlaş uçun uning barça 27 a’zosining roziligi talab qilinadi.

Boş vazir Viktor Orban boşçiligidagi Vengriyaning öng qanot populistik hukumati köp yillardan beri muhojirlarga qarşi siyosat olib boradi va şuning uçun Yevropa komissiyasi bilan doimiy ziddiyatda. Budapeşt ayni damda Yevropa sudi tomonidan özining çeklovçi boşpana siyosati tufayli qöyilgan 200 million yevro miqdoridagi jarimani tölaşdan boş tortmoqda. Şuning uçun Bryussel bu pulni Yevropa Ittifoqining Vengriyaga bölajak tölovlaridan olib qöymoqçi.