Xitoyning Xiaomi kompaniyasi sönggi 8 oy içida Apple korporatsiyasini ortda qoldirib, dunyodagi ikkinçi yirik smartfon işlab çiqaruvçisi böldi. Samsung birinçi bölib qolmoqda. Bu haqda Counterpoint Research tadqiqot agentligi hisobotida qayd etilgan.
Xitoy kompaniyasining sotuvlari uşbu davr mobaynida barqaror saqlanib qoldi, Apple esa mavsumiy pasayişni boşdan keçirdi. Bundan taşqari, Xiaomi 2022-2023 yillarda yuzaga kelgan ta’minot zanjiridagi muammolarni yengişga muvaffaq böldi, bu esa işlab çiqariş hajmini oşirdi.
Şu bilan birga, Xiaomi 2024 yil birinçi yarmida eng tez rivojlanayotgan brendlardan biriga aylandi. Hisobotda aytilişiça, uning savdosi yiliga 22 foizga oşgan.
Mutaxassislarning fikriça, korporatsiya muvaffaqiyatiga har bir narx oraliğida yuqori sifatli smartfonlar yaratiş va hamyonbop narxda flagmanlar işlab çiqariş istagi ta’sir qilgan. Bu Hindiston, Lotin Amerikasi, Janubi-Şarqiy Osiyo, Yaqin Şarq va Afrikada savdo hajmining oşişiga olib keldi.
Agentlik, şuningdek, 2024 yil ikkinçi çoragida narxi 150 dollargaça (≈1,9 mln söm) bölgan eng yaxşi smartfonlarni e’lon qildi. Arzon narxli telefon bozorining 4,1 foizini egallagan Redmi 13C 4G modeli yetakçi böldi. Keyingi örinlarda Samsung Galaxy A05 va Galaxy A15 4G.












