Xitoylik biologlar hamda ularning AQŞ va Yevropadagi hamkasblari 2019 yil oxiri — 2020 yil boşida Uxan bozori hududidan töplangan koronavirus genomining tuzilişini örganib, uşbu savdo maydonçasiga olib kelingan yovvoyi hayvonlar koronavirusning ilk va yagona manbasi bölganini aniqladi.

«Afsuski, Xitoy kasalliklar profilaktikasi va nazorati markazidan bölgan hamkasblarimiz yetib borgunga qadar bozordan köplab hayvonlar çiqarib taşlangan, şu bois bizda ularning kovid bilan kasallanganini isbotlovçi töğridan-töğri dalillar yöq. Şunga qaramay, biz virus zarralari aniqlangan peştaxtalardan ularning DNK va RNK parçalarini topdik. Bu bozorda kasallangan hayvonlar saqlangan bölsagina aniqlanadigan holat», — deydi Parijdagi Ekologiya va tabiat fanlari instituti yetakçi ilmiy xodimi Florens Debarr.

Dunyo böylab 7 milliondan ortiq insonning ölimiga sabab bölgan SARS-CoV-2 virusi aniqlangan bozorda ekzotik oziq-ovqatlar sotilgan, ammo pandemiya boşlaganidan keyin virusning köplab turlari paydo böla boşlagani sabab olimlar Uxan bozori birinçi va yagona manba ekanini aniq ayta olmaydi.

Bunday farazlar xalqaro ilmiy jamiyatda köplab bahs-munozaralarni, şuningdek, önlab konspirologik qaraşlarni yuzaga keltirdi. Xitoy kasalliklar profilaktikasi va nazorati markazi mutaxassislari bir-biriga zid uşbu ma’lumotlarga barham beriş maqsadida yetakçi epidemiolog, biolog va genetiklarga pandemiya boşidayoq Uxan bozoridan töplangan barça biomateriallarni taqdim etgan.

Tadqiqotlar şuni körsatganki, genom tuzilişi hamda xilma-xillik darajasi Uxan bozoridagi va birinçi kovid taşuvçilar tanasidan olingan virus namunalari bilan bir xil. Taxminlarga köra, SARS-CoV-2 virusining taşuvçilari bozorga Janubi-Şarqiy Osiyodan yoki Xitoyning markaziy hududlaridan kelib qolgan. Uşbu hududlardagi yovvoyi hayvonlarni örganiş orqali koronavirusning «vatanini» aniqlaş mumkin böladi.