Ötgan hafta oxirida sodir bölgan Inbazar dökonlari tarmoğida yoş xodimga nisbatan öta qöpol munosabat, zöravonlik va samosud jamoatçilikning keskin ğazabini qözğatdi. Bu bilan respublikada mehnat qiliş huquqi, xodim va rahbar örtasidagi munosabatlar, huquq va majburiyatlar mavzusi yana kun tartibiga çiqdi. Kun.uz faollar bilan suhbatlaşar ekan, ular nazdida bu holat qörquv maşinasi bilan xodimlarni uşlab turiş siyosati hamda qadriyatga aylangan boşqaruv usuli. Eng katta muammo esa bu hatto davlat organlarida ham kuzatiladi, ammo köz yumiladi.
Avvaliga dökon rahbari zöravonlikka qarşi, voqeadan esa şokda ekani, aybdorlar jazolanişini aytganida jamoatçilik biroz tingandi. Biroq ketma-ket videolar, hattoki rahbarning özi xodimlarini döpposlagani, boşqa işçilarga tartibga rioya qilmaganlar qanday jazolanişini emin-erkin körsatib, odamlarni tahqirlagani holatlari köpçilikni qayta ğazablantirdi.
Bugun Özbekistonda mehnat munosabatlarini tartibga soluvçi huquqiy normativ hujjatlar yetarli. Konstitutsiyadan tortib Mehnat kodeksigaça insonning kamsitilişi taqiqlanadi. Lekin Inbazar voqeasi jamiyatda mehnat munosabatlari heç qanday hujjatga asoslanmayotgani, xodimlarni qörquv va şantaj usuli bilan boşqariş yaxşiroq effekt berişiga işonç kayfiyati hali-hanuz borligini isbotladi.
Yurist Muhammadamin Karimjonovga köra, bu bezorilik. Voqea jinoyat, sudda ham jinoiy iş oçilişi kerak edi. Inbazar xodimlari esa bugun hattoki birlamçi mehnat huquqlaridan ham foydalana olmaydi. Çunki jamiyatimizda öz işxonasiga qarşi kayfiyatdagilar tamğalanadi, zarar xodimning öziga böladi. Işçilar öz huquqini bila turib, talab qilolmaydigan darajaga kelib qolgan. Jinsiy tajovuzga uçraganlar ham qörquv bilan lom-lim demay, yaşaşda davom etişga majbur, deydi huquqşunos.
Jamiyatşunos Hamid Sodiqning aytişiça, xodimlarni qörquv bilan uşlab turiş, zöravonlikni odat qilib, xodimlarni boşqariş metodi tarixdan bölib kelgan. Bunday rahbarlar zöravonlik qilgan sari hurmatga, muhabbatga loyiq köriladi. Özbekistonda döpposlaş, kaltaklaş, tepkilaş faqat kiçkina taşkilotlarda bölmay, mehnat va karera yölidagi bir qism sifatida saqlanib qolingani – eng katta muammo. Bundan taşqari, Inbazar singari taşkilotlar «HR» boşqaruv bilan özgarmaydi.
Inson huquqlari faoli, «Ezgulik» jamiyati raisi Abdurahmon Taşanov fikriça esa bu davlat boşqaruvidagi kamçiliklar, kemtiklarning bir oqibati xolos.
Huquqşunos Hamid Sodiqning qöşimça qilişiça, islohotlarning borişi, biror bir davlat darajasidagi loyihaga rahbar sifatida kuçişlatar tuzilmalarning belgilanişidan biliş osonki, mentalitetimizda kuç işlatiş natija tomon yetaklaşiga işonç bor. Biroq davlat avvalo legitim kuç işlatişi kerak. Agar aksi bölsa, siyosiy-iqtisodiy institutlar saçrab ketadi.










