Qayd qilinişiça, avvalo, yiğilişda ommaviy sportni va olimpiya harakatini yanada kengaytiriş masalalariga e’tibor qaratildi. Sport vazirligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qömitalari tomonidan sport turlari böyiça foydalanilmagan imkoniyatlar yana bir bor tanqidiy tahlil qilindi.

Misol uçun, Olimpiya öyinlarida yengil atletika böyiça 48 ta, suv sporti turlarida 49 ta dastur mavjud. Lekin vakillarimiz ularda 5 va 4 ta yöllanma bilan qatnaşdi, xolos. Tennis, öq otiş, gimnastika, velosport böyiça federatsiyalar ham, şaroit ham bor. Yunon-rum kuraşi, ot sporti, qiliçbozlik, eşkak eşiş böyiça hali işga solinmagan imkoniyatlar köp. Çim ustida xokkey, basketbol, gandbol, regbi, suv polosi kabi jamoaviy sport turlarini ham rivojlantiriş zarurligi qayd etildi. Mazkur sport federatsiyalari işini jonlantiriş, öquv-maşğulotlar tizimini takomillaştiriş böyiça vazifalar belgilandi.

Olimpiya va paralimpiya harakati ommaviy sportdan kuç olişi ta’kidlanib, mahallalarda seleksiya işlarini kengaytiriş, iqtidorli yoşlarni professional etib tarbiyalaş böyiça körsatmalar berildi.

2025 yil Özbekistonda yoşlar örtasida Osiyo va Paraosiyo öyinlari ötkazilişi rejalaştirilgan. Buning uçun Toşkentda Olimpiya şaharçasi barpo etilmoqda. Osiyo öyinlaridan söng, Olimpiya şaharçasi infratuzilmasidan samarali foydalaniş közda tutilmoqda. Buning uçun «Aqlli şahar» konsepsiyasiga asoslangan ma’muriy boşqaruv taşkil etiladi. U sport majmualarini saqlaş, jihozlar va texnik tizimlar holatini kuzatib boriş, zarur hollarda ta’mirlaş bilan şuğullanadi.

Xokkeyni rivojlantiriş, keyinçalik Olimpiya şaharçasi hududida xokkey majmuasini quriş böyiça takliflar bildirildi.

Davlat rahbari aholini jimoniy tarbiya va ommaviy sportga keng jalb etiş, xalqaro musobaqalarga tizimli tayyorgarlik köriş böyiça topşiriqlar berdi.