AQŞ Kongressi 13 fevral kuni ötkazilgan yiğilişda kiçik Robert Kennedi nomzodini mamlakat Soğliqni saqlaş va ijtimoiy xizmatlar vazirligi rahbari lavozimiga tasdiqladi, deb xabar beradi CNN.

Qayd etilişiça, uşbu qarorni yoqlab 52 nafar senator ovoz bergan bölsa, 48 nafar kongressmen bunga qarşi çiqqan.

Donald Tramp tomonidan tavsiya etilgan Kennedi nomzodini barça demokrat senatorlar, şuningdek, respublikaçi Mitç Makkonnell ham qöllab-quvvatlamagan.

Reutersʼning yozişiça, kongressmenlar 71 yoşli Kennedi nomzodini Soğliqni saqlaş vaziri lavozimiga ikki kunlik eşituvlardan söng tasdiqlagan. Demokratik partiya vakillari Kennedini hayot uçun muhim bölgan dori vositalarini şubha ostiga oladigan fitna nazariyalarini tarqatişda, şuningdek, vaksinatsiyaga qarşi kuraşdan moliyaviy manfaatdor ekanlikda ayblagan. Kennedi uşbu bayonotni rad etgan. U mavjud vaksinatsiya dasturini himoya qilişga va’da bergan.

Kiçik Robert Kennedi — AQŞning 35-prezidenti Jon Kennedining jiyanidir. 2023 yil oktyabrda u AQŞ prezidentligi saylovlarida mustaqil nomzod sifatida iştirok etişga qaror qilgandi, ammo joriy yilning avgustida özining saylovoldi kampaniyasini töxtatib, Donald Trampni qöllab-quvvatlagan edi.

Saylovlardagi ğalabadan keyin Tramp Kennedini Soğliqni saqlaş vazirligi rahbari lavozimiga ilgari surib, u «surunkali kasalliklar epidemiyasiga barham berişga va Amerikani yana buyuk hamda soğlom qilişga» qodir ekanini ma’lum qilgandi.

Dekabr boşlarida önlab olimlar va Nobel mukofoti laureatlari AQŞ Senatini kiçik Robert Kennedining soğliqni saqlaş vazirligi rahbari lavozimiga tayinlanişiga qarşi ovoz berişga çaqirgan edi. Olimlar Kennedi AQŞda vaksinatsiyaga qarşi bölgan, içimlik suvni ftorlaş usullarini tanqid qiladigan, şuningdek, OITS va boşqa kasalliklarni davolaşning muvaffaqiyatli usullariga oid fitna nazariyalarini tarqatib keladigan eng maşhur insonlardan biri ekanini eslatib ötgandi.