Önlab olimlar va Nobel mukofoti laureatlari AQŞ Senatini kiçik Robert Kennedining soğliqni saqlaş vazirligi rahbari lavozimiga tayinlanişiga qarşi ovoz berişga çaqirdi. Kimyo, iqtisod, tibbiyot va fizika böyiça 77 nafar Nobel laureati tomonidan imzolangan oçiq xatni The New York Times gazetasi e’lon qildi.
Murojaatda qayd etilişiça, AQŞning yangi prezidenti Donald Tramp nomzodini ilgari surgan kiçik Kennedi tibbiyot, ilm-fan yoki boşqaruv sohasida na tarjibaga va na malakaga ega.
Olimlar Kennedi AQŞda vaksinatsiyaga qarşi bölgan, içimlik suvni ftorlaş usullarini tanqid qiladigan, şuningdek, OITS va boşqa kasalliklarni davolaşning muvaffaqiyatli usullariga oid fitna nazariyalarini tarqatib keladigan eng maşhur insonlardan biri ekanini eslatib ötgan.
Maktub mualliflarining hisoblaşiça, Kennedining tayinlanişi soğliqni saqlaş tizimini xavf ostiga qöyadi va Amerikaning ilmiy tadqiqotlar sohasidagi global yetakçiligiga putur yetkazadi.
Kiçik Robert Kennedi — AQŞning 35-prezidenti Jon Kennedining jiyanidir. 2023 yil oktyabrda u AQŞ prezidentligi saylovlarida mustaqil nomzod sifatida iştirok etişga qaror qilgandi, ammo joriy yilning avgustida özining saylovoldi kampaniyasini töxtatib, Donald Trampni qöllab-quvvatlagan edi.
Saylovlardagi ğalabadan keyin Tramp Kennedini Soğliqni saqlaş vazirligi rahbari lavozimiga ilgari surib, u «surunkali kasalliklar epidemiyasiga barham berişga va Amerikani yana buyuk hamda soğlom qilişga» qodir ekanini ma’lum qilgandi. Kennedining nomzodini Senat tasdiqlaşi kerak. Demokratik partiya vakillari allaqaçon uning tayinlanişiga qarşi çiqiş qilgan.













