Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 35 milliard yevrogaça pul bermoqçi, u Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tuşgan mablağ hisobidan moliyalaştiriladi. «Endi biz Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan keladigan daromad hisobiga qoplanadigan uşbu mablağni juda tez taqdim eta olişimizga işonçimiz komil», dedi Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen Kiyevda 20 sentabr, juma kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan qöşma matbuot anjumanida.
Fon der Lyayyen aytişiça, Rossiyaning kunlik hujumlari Ukraina Yevropa Ittifoqining doimiy yordamiga muhtojligini körsatmoqda. «Yevropa komissiyasi G7 majburiyatlari doirasida Ukrainaga 35 milliard yevrogaça pul ajratadi», — deb yozdi fon der Lyayyen X ijtimoiy tarmoğida.
AFP xabar berişiça, siyosatçi keça erta tongda Ukraina poytaxtiga yetib kelgan. U ketişidan oldin fon der Lyayyen Yevropa Ittifoqi Ukrainaga kelgusi qişda favqulodda gumanitar ehtiyojlarni qondiriş uçun yana 160 million yevro ajratişini e’lon qildi. Uşbu pulning 100 millioni muzlatilgan Rossiya aktivlaridan tuşadigan mablağdan yönaltiriladi. «Rossiya özi keltirgan vayronagarçilik uçun tölaşi adolatdan», — dedi Yevrokomissiya rahbari.
YeI Ukrainaga isitiş mavsumidan ötişda yordam beradi
Yevropa Ittifoqi hisob-kitoblariga köra, Ukraina energetika infratuzilmasining yarmiga yaqini vayron bölgan, bu esa uylar, şifoxonalar va maktablarni isitişni qiyinlaştiradi. Rossiya Ukrainaning taxminan 9 gigavatt energetika infratuzilmasini işdan çiqardi, fon der Lyayyen. Bu, unga köra, «uç Boltiqböyi mamlakatining energiya ekvivalentini» ifodalaydi. «Issiqlik mavsumi ikki haftadan söng boşlanadi, Rossiyaning Ukraina fuqarolik energetika infratuzilmasiga qilgan şafqatsiz hujumlari maksimal zarar yetkazişga qaratilgan. Biz Ukrainani bu vaziyatdan çiqişda qöllab-quvvatlaymiz», — dedi Yevrokomissiya rahbari.












