Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda uchta transport ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda yana bir avtobus texnik shikastlandi
YTH Cobalt haydovchisining aybi bilan sodir bo‘lgani aytilmoqda.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Toshkent shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport oqibatida yo‘lovchi tashuvchi avtobus texnik shikastlandi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot kotibi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 24 sentabr kuni soat 10:10 larda, “12-Avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi King Long rusumli (131-sonli yo‘nalish) avtobus, Olmazor tumani Talabalar ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotgan vaqtda Cobalt, Tracker mashinalari bilan yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan.
Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, ushbu yo‘l-transport hodisasi Cobalt haydovchisi aybi bilan sodir etilgan bo‘lib, oqibatda Tracker haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchisi yengil tan jarohati olgan.
Hodisada Cobalt, Tracker va avtobus texnik shikastlangan. Hozirda barcha jabrlanuvchilarning ahvoli yaxshi ekani ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, ushbu YTH Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.
Mavzuga oid
09:23 / 24.03.2026
Qamchiqda ikki kun ichida ikkita yo‘l hodisasi kuzatildi
11:03 / 19.03.2026
Tailanddagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
22:00 / 15.03.2026
Olmazor tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir kishi qurbon bo‘ldi
20:56 / 14.03.2026